Yangilangan: 20.03.2024

Yangi yilni «Garant bank» bilan chizing

Tanlov shartlari:

1. Tanlov mavzusi – “Yangi yilni «Garant bank» bilan chizing”

2. Ishtirokchilar tanlov tashkilotchisining akkauntiga obuna bo’lgan bo’lishlari kerak, #NewYearGarantbank maxsus heshtegidan foydalanib, @garantbank.uz ni belgilash, hamda Instagram sahifasida o’z ishlari bilan bo’lishishlari lozim

3. Tanlov o’tkazilish muddati -3 hafta.
Tanlovning boshlanishi: 2-dekabr
G’oliblarni e’lon qilish: 25-dekabr
G’oliblarni taqdirlash 26-dekabr kuni bo’lib o’tadi

4. G’oliblarni layklar va repostlar soniga qarab aniqlaymiz

5. G’oliblar uchun sovrinlar:
1 – o’rin Shaxsiy dizayniga ega va 500,000 ming so’mlik bolalar kartasi.
2 - o’rin Shaxsiy dizayniga ega bolalar kartasi, shuningdek, yosh rassom to’plami va yumshoq o’yinchoq.
3 – o’rin Shaxsiy dizayniga ega bolalar kartasi, shuningdek, yosh rassom to’plami

6. Tanlov tashkilotchisi Kids kartasini rasmiylashtirish uchun aloqa ma’lumotlari va hujjatlar uchun g’oliblar bilan bog’lanadi.

7. Sovrinlar g’oliblarga shaxsan topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi.

8. Yosh rassom to’plamlariga quyidagilar kiradi: eskiz kitobi, cho’tkalar to’plami, akvarel bo’yoqlari, rangli qalamlar to’plami, rangli markerlar to’plami.

Yangiliklar va voqealar

Barcha voqealar
beta-версия