Bank xizmat ko’rsatishi markazlari yopilishi haqida e’lon qiladi

«Garant bank» aksiyadorlik jamiyaining 2022 yil 30 sentabriga 59-sonli Boshqaruv Qaroriga asosan Farg’ona shahar filiali tarkibidagi «Rishton», «Furqat», «Yaypan» bank xizmatlari markazlari mijozlarga xizmat ko‘rsatishni to‘xtatib, yopilayotganini ma’lum qiladi.

Ushbu qaror Garant bank AJ filiallar tarmog‘ini optimallashtirish maqsadida qabul qilindi.

Mavjud filiallar va bank xizmatlari markazlari haqida batafsil ma’lumot olish uchun 1326 qisqa raqami orqali call-markaziga murojaat qilishingiz mumkin.