«Garant bank» АJ bankning operatsion modelini transformatsiya qilishni boshladi

«Garant bank» АJ yetakchi konsalting kompaniyalaridan biri — «Expera Digital IT Consulting» MChJ kompaniyasi bilan hamkorlikda bankning operatsion modelini transformatsiya jarayonlarini boshladi. Mazkur jarayon butun bank uchun murakkab hisoblanib, u tashkiliy tuzilmani, ish faoliyatini monitoring qilish tizimini, biznes jarayonlarini optimallashtirishni va boshqa muhim elementlarni oʼz ichiga oladi. Jarayonlar davomida bankning chakana biznes hamda kichik va oʼrta biznesga xizmat koʼrsatish tizimini oʼzgartirish boʼyicha tashabbuslarni amalga oshirish rejalashtirmoqda. Bu — mijozlar uchun mahsulot taklifini koʼrib chiqish, biznes jarayonlarini optimallashtirish, samaradorlikni nazorat qilish uchun KPI tizimini yaratish va savdo kanallarini rivojlantirishni oʼz ichiga oladi.