Xalqaro pul oʻtkazmalari va ayirboshlash shoxobchalarining bayram kunlarida ish tartibi


Garant bankda bayram oldi kunlarida xalqaro pul o'tkazmalari xizmatlarining zarurligini hisobga olgan holda, sifatli valyuta ayirboshlash uchun bir qator qulayliklar yaratish maqsadida qaror qabul qilindi:

  • 2022 yil 31 dekabr va 2023 yil 2 yanvar kunlari Farg'ona shahri filialidagi valyuta ayirboshlash shaxobchasi soat 09:00 dan 13:00 gacha ish faoliyatini yuritadi;

  • 2023 yil 3 yanvar kuni Farg'ona shahri filialidagi valyuta ayirboshlash shaxobchasi soat 09:00 dan 18:00 gacha faoliyat yuritadi;

  • 2022 yil 28 dekabr kunidan 30 dekabr kuniga qadar «Zolotaya Korona» tizimi barcha filiallarda ishlaydi;

  • 2022 yil 31 dekabr kunidan 2023 yil 3 yanvar kuniga qadar barcha xalqaro pul o'tkazmalari tizimlari faoliyati vaqtincha to'xtatiladi;

  • 2023 yil 4 yanvarda «Zolotaya Korona», «CONTACT», "UPT", "ASIAEXPRESS" xalqaro pul o'tkazmalari tizimlari normal rejimda ishlaydi.

Pul o'tkazmalari tizimlari haqida ko'proq ma'lumotni 1326 qisqa raqami orqali yoki garantbank.uz veb-saytidan olishingiz mumkin.