Bank Moody's agentligining barqaror prognozli B2 reytingini, shuningdek, Ahbor Reyting agentligining barqaror prognozli A+ reytingini oldi. Raqamli rivojlanish doirasida veb-sayt yangilandi va yangi mobil ilovani ishlab chiqish boshlandi.Bankomatlar Uzcard va Humo bilan bir vaqtda ishlay boshladi. Bank kartasidan foydalanganda naqd pul yechib olish komissiyasi 0,7% gacha pasaytirildi. Ayirboshlash shoxobchalari va xalqaro pul o‘tkazmalari endi haftaning yetti kuni ishlaydi.Shuningdek, xodimlar uchun ALFA o'quv markazi bilan birgalikda faol savdo va yangi mehnat kodeksi bo'yicha treninglar o'tkazildi.Bolalarning moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha ishlar olib borilib, individual dizayndagi va kartada bolaning ismi ko‘rsatilgan KIDS CARD bolalar kartalari muvaffaqiyatli ishga tushirildi, bu esa 2023-yil dekabr oyida 2500 dan ortiq kartalarni chiqarishga olib keldi.