Kredit «BUSINESS ONLINE»
Mahsulot ishlab chiqish jarayonida va sinov tartibida ishlamoqda.
Mahsulot ishlab chiqish jarayonida va sinov tartibida ishlamoqda.
| Ko‘rsatkich | Qiymati / Tavsifi |
| Kredit maqsadi | Doimiy savdo tushumiga ega bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs maqomiga ega tadbirkorlik subyektlariga “Mobile banking” ilovasi va “Internet banking” orqali 12 (o‘n ikki) oy muddatgacha onlayn “skoring” tahlili va oferta kredit shartnomasini tasdiqlangan holda aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kredit mijozning asosiy hisobvarag‘iga o‘tkazib berish orqali ajratiladi. |
| Mijoz segmenti | Barcha turdagi yuridik shaxs hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar |
| Kredit tarixi va hisobvaraq aylanmasiga talablar | 1. Joriy muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi; 2. "Qoniqarsiz", "shubhali" va "umidsiz" toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi; 3. Hisobvarag‘i orqali (“Garant bank” AJ tizimida) so‘ngi 6 oyda uzluksiz mablag‘ tushumiga ega bo‘lishi lozim lozim. |
| Kreditlash usuli | Ochiq kredit liniyasi orqali (revolver) |
| Kredit miqdori | 100 000 000 (bir yuz million) so‘mgacha |
| Kredit muddati | 12 (o`n ikki) oygacha revolver foydalanish sharti bilan |
| Imtiyozli muddati | 1 (bir) oygacha |
| Kredit valyutasi | Milliy valyuta (so‘m) |
| Moliyalashtirish manbai | Bank o‘z mablag‘i va (yoki) jalb qilingan mablag‘lar hisobidan |
| Skoringni amalga oshirish va kreditni ajratish shakli | Qarz oluvchining asosiy yoki ikkilamchi hisobvarag‘iga uzluksiz oxirgi 6 oy davomida mablag‘lar tushumi onlayn “skoring” orqali, o‘rtacha bir oylik hisobvaraq aylanmasining (mavjud kredit qarzdorliklarining bir oylik to‘lovlari chegirib tashlanadi) 6 barobariga teng miqdorda, lekin 100 000 000 (bir yuz million) so‘mdan oshmagan miqdorda onlayn ajratiladi. |
| Kredit foiz stavkasi | yillik 28 % |
| Foiz hisoblash | Foizlar o‘zgarmas stavkada har kuni hisoblanib, belgilangan grafik bo‘yicha differensial shaklda so‘ndiriladi |
| Asosiy qarz va foiz to‘lovlarini to‘lash davri | Asosiy qarz va foiz to‘lovlari - har oyda, kredit grafigi asosiy qarz to‘loviga 1 (bir) oy imtiyozli muddat beriladi va qolgan to‘lovlar 11 (o‘n bir) oyga teng taqsimlanadi; |
| Mahsulot bo‘yicha ta‘minot | Kredit ta’minoti sifatida kreditning 50 foiz qismiga sug‘urta tashkilotining kredit qaytmaslik xatari bo‘yicha sug‘urta polisi onlayn qabul qilinadi. Kreditning qolgan qismi ishonch asosida (ta’minotsiz) ajratiladi. Bunda sug‘urta shartnomasi shartlari Bosh kelishuv yoki ofertada belgilanishi lozim. Kredit ajratilishidan oldin sug‘urta to‘lovlari Bank tomonidan amalga oshiriladi (199__ hisobvaraq orqali) va kredit mablag‘lari hisobidan qoplanadi. |
Qo‘shimcha shartlar | Mazkur pasport O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida” gi qonuni, Markaziy bankning tijorat banklarining ichki me’yoriy hujjatlariga nisbatan qo‘yiladigan talablar (ro‘yxat raqami: 916, 2000-yil 5-aprel) hamda “Garant bank” AJ Kredit siyosati va kreditlashni tartibga soluvchi ichki me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi. |