Yangilangan: 20-01-2023

Biznesga birinchi qadam

O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga biznes boshlash uchun ajratiladigan mikroqarz

  • 10 000 000 so'm
    kredit miqdori
  • 25 %
    kredit foiz
  • 12 oygacha
    kredit muddati
Ko‘rsatkichQiymati / Tavsifi
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarMehnat daromadi olishga yo‘naltirilgan, jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatish, ishlarni bajarish bo‘yicha shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishga asoslangan faoliyatni mustaqil amalga oshiradigan, yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida ro‘yxatga olinmagan, mehnat staji hisobga olinishi va rag‘batlantiruvchi imtiyozlardan foydalanish huquqi bilan davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan jismoniy shaxslar
Mijoz segmenti18 yoshdan oshgan, davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, o‘zini o‘zi band qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari
Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lish talablari1.    Joriy muddati o‘tgan qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi;
2.    Sud jarayonidagi kredit qoldiqlari va balansdan tashqari hisobvaraqqa o‘tkazilgan kredit asosiy qarzi va foizlari mavjud bo‘lmasligi;
3.    KATM tizimidagi bahosi 200 balldan yuqori bo‘lishi;
4.    “Qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi;
Kreditlar bo‘yicha oxirgi 12 oy ichida:
•    60 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 5 tadan ko‘p bo‘lmasligi;
•    90 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 2 tadan ko‘p bo‘lmasligi
Kredit miqdori10 000 000 million so’m
Kredit muddati (KM)12 (o‘n ikki) oygacha
Kreditning imtiyozli davriImtiyozli davrsiz
Kredit maqsadi18 yoshdan oshgan, o‘zini o‘zi band qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining o‘z ehtiyojlari uchun
Minimal kredit foiz stavkasi 25 %
Mahsulot bo‘yicha ta’minotKredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda. Bunda,
1.Rasmiy daromadga ega uchinchi shaxs kafilligi;
2.Qonunchilik hamda bankning joriy kredit siyosati bilan ta’qiqlanmagan boshqa ta’minot turlari olinishi mumkin.
Bankka aloqador shaxslar uchun kredit ta’minoti 130% miqdorda.
beta-версия