Avtokredit «Yengil»
0% stavka quyidagi holatlarda qo‘llaniladi: oldindan to‘lov 30% dan yuqori bo‘lganda 13 oygacha, 40% dan yuqori bo‘lganda 18 oygacha va 50% dan yuqori bo‘lganda 22 oygacha
O‘zbekiston Respublikasi hududida onlayn xaridlar va to‘lovlarni amalga oshirish
Batafsilroq
Garant bank bilan daromad olishni bugundanoq boshla
Batafsilroq0% stavka quyidagi holatlarda qo‘llaniladi: oldindan to‘lov 30% dan yuqori bo‘lganda 13 oygacha, 40% dan yuqori bo‘lganda 18 oygacha va 50% dan yuqori bo‘lganda 22 oygacha
| Ko‘rsatkich | Qiymati / Tavsifi |
| Kredit maqsadi | Uz Auto Motors tomonidan ishlab chiqarilgan Tracker, Damas, Onix avtotransport vositalarini birlamchi bozordan sotib olish uchun avtokredit. |
| Mijoz segmenti | 18 yoshdan oshgan, Rasmiy daromadga ega va o‘z o‘zini band qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari. |
| Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lish talablari | 1. Joriy muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi; 2. Sud jarayonidagi kredit qoldiqlari va balansdan tashqari hisobvaraqga o‘tkazilgan kredit asosiy qarzi va foizlari mavjud bo‘lmasligi; 3. KATM bali 200 balldan yuqori bo‘lishi; 4. "Qoniqarsiz", "shubhali" va "umidsiz" toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi; Kreditlar bo‘yicha oxirgi 12 oy ichida: - 60 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 5 tadan ko‘p bo‘lmasligi; - 90 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 2 tadan ko‘p bo‘lmasligi |
| Kredit miqdori | 600 000 000,0 (olti yuz million) so‘mgacha |
| Kredit muddati | 60 (oltmish) oygacha; |
| Imtiyozli muddat | Mavjud emas |
| Kredit valyutasi | Milliy valyuta (so‘m) |
| Foiz hisoblash | Annuitet shaklda |
| Asosiy qarz va foiz to‘lovlarini to‘lash davri | Asosiy qarz va foiz to‘lovlari - har oyda; |
| Kredit ajratilishida mijozga qo‘yilgan asosiy talablar | - mijozning muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi; - rasmiy daromadga ega bo‘lgan shaxlar uzluksiz 6 oy davomida daromadga ega bo‘lishi; - O‘zini-o‘zi band qilgan shaxslar uchun o‘zini-o‘zi band qilganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma; - mijozning Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzdorligi bo‘lmasligi. |
| Mahsulot bo‘yicha ta‘minot | - Kredit mablag‘i evaziga xarid qilinayotgan avtotransport vositasi garov ta’minoti hamda ta’minotning yetmagan qismiga kredit qaytmaslik xataridan sug‘urta polisi olinadi. Ta’minot kredit summasining kamida 125% foizini tashkil qilishi lozim. - Kredit hisobiga sotib olinayotgan avtotransport vositalari diller shartnomada ko‘rsatilgan qiymatining 80% gacha qabul qilinadi. - Bankka aloqador shaxslar uchun kredit ta’minoti 130% miqdorda olinadi. |