Korporativ boshqaruv
Samarali korporativ boshqaruv bank muvaffaqiyatli ish yuritishining asosiy shartidir
Garant bank yangi informatsion texnologiyalarni keng qo‘llash orqali xizmatlarning turli tanlovini taqdim etadi.
Turli moliyaviy xizmatlar borasida bizga ishonish mumkin. Amaliyot ishlarida biz eng ishonchli instrumentlardan foydalanamiz.
Biz so‘nggi eng yangi texnologiyalardan foydalamiz. Gap shundaki, bizning usullar bank sferalari orasidagi eng yangilari hisoblanadi.
Xodimlarimiz har yili o‘z malakalarini rivojlantirishadi. Biz mijozlar savol berishlari uchun qulay bo‘lishini xohlaymiz, shuning uchun har bir xodimimiz o‘qiydi va o‘z ekspertlik malakalarini yaxshilaydi.
Mijozlar bizlarni zarurat yuzasidan emas, balki biz bilan qulay bo'lganligi uchun bizni tanlashlariga intilish
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 18 martdagi PF -794-sonli Farmoniga asosan aholining tovarlarga boʼlgan ehtiyojini qondirish va ular bilan ichki bozorni toʼldirish, shuningdek respublika savdo tarmogʼi faoliyatini moliyaviy jihatdan qoʼllab-quvvatlash va yanada rivojlantirishni taʼminlash maqsadida Savdo va tijoratga koʼmaklashuvchi “Savdogar” aktsionerlik tijorat banki sifatida tashkil etildi hamda 1994 yil 12 mayda 42-sonli bilan Oʼzbekiston Respublikasi Markaziy bankida roʼyxatga olindi. Bankning asosiy vazifalari respublikaning savdo tashkilotlariga xizmat koʼrsatishdan, savdo tashkilotlari bilan xalq xoʼjalik boshqa tarmoqlari korxonalari oʼrtasidagi savdo-xarid operatsiyalari va hisob-kitoblarni mablagʼ bilan taʼminlashdan iborat. Oʼzbekiston Respublikasining Moliya vazirligi, «Oʼzbeksavdo» uyushmasi, «Oʼzkooptayyorlovsavdo», «Oʼzbekbirlashuv» va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bankning muassislari boʼlishdi. Ushbu yilda barcha viloyat markazlarida va respublikamizning ayrim tumanlarida jami 19 ta filiali tashkil etildi. Ustav kapitalini miqdori 6 mln.soʼmni tashkil etgan.
Garantbank va Yengilsanoatbank aktsiyadorlarining 1998 yil 18 noyabrdagi qoʼshma yigʼilishi qaroriga asosan Yengilsanoatbank Garantbankka birlashtirildi va Ustav kapitali 1000 mln. sumga yetkazildi. Yengilasanoatbank qoʼshilishi munosabati bilan filiallar soni 1 taga oshdi va 45 taga yetkazildi.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 13 yanvardagi 12-sonli “Mevasabzavotbank ixtisoslashtirilgan aktsionerlik tijorat bankini qoʼshib yuborish toʼgʼrisida”gi Qaroriga asosan qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari bilan savdo tashkilotlari oʼrtasida samarali moliya tizimini yaratish, boshqaruv xarajatlarini qisqartirish hamda tijorat banklari faoliyatini keng rivojlantirish maqsadida Mevasabzavotbank Garantbankka qoʼshildi va Ustav kapitali 1500 mln. sumga yetkazildi. Ushbu Qarorga muvofiq «Garantbank»ka: qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalariga va savdo tashkilotlariga keng bank xizmatlari koʼrsatish; qishloq xoʼjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, shuningdek xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarish bilan shugʼullanuvchi kichik va oʼrta biznes korxonalariga, xususiy tadbirkorlarga kredit ajratish imkoniyatlarini kengaytirish; aholini jalb qiluvchi omonatlar va depozitlarni joriy etish yoʼli bilan aholining, tadbirkorlarning boʼsh mablagʼlarini jalb qilish boʼyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish tavsiya etildi. Mevasabzavotbank qoʼshilishi munosabati bilan filiallar soni 10 taga oshdi va 55 taga yetkazildi.
Germaniyaning "R&D Express - Ausenhandels" kompaniyasi Garantbankning 40 foiz aktsiyasini (2 mln. АQSh dollari ) sotib oldi va bank chet el kapitali ishtirokidagi bankka aylandi hamda ustav kapitalini miqdori 8,0 mlrd. soʼm (5 mln. АQSh dollari ekvivalentni)ni tashkil etdi.
2006 yil 22 iyundagi PF 3764-sonli Farmoniga asosan xorijiy investor tomonidan Savdo va tijoratga ko‘maklashuvchi «Savdogar» ixtisoslashtirilgan aktsionerlik tijorat bankining ulushi sotib olinishi munosabati bilan O‘ zbekiston-Germaniya «Savdogar» ochiq aktsiyadorlik tijorat bankiga aylandi.
Amerika Qo‘shma Shtatlarining “ALL AMERICAS INTERNATIONAL, INC.” Korporatsiyasi bank ustav kapitaliga 3 mln. AQSh dollari miqdorida mablag‘ kiritdi hamda bankning xorijiy aktsiyadorlar soni 2 taga yetkazildi hamda bank ustav kapitalining miqdori 22.1 mlrd. so‘m (10 mln. yevro ekvivalent)ga yetkazildi.
Joriy yilda bankning xorijiy aktsiyadorlari soni yana bittaga ko‘paydi. Singapurning “Kito investment” kompaniyasi bankning 3 mln. AQSh dollari miqdorida aktsiyalarini sotib oldi. Bankda xorijiy investorlar soni oshganligi munosabati bilan bankni nomi «Chet el kapitali ishtirokidagi «Savdogar» aktsiyadorlik tijorat bankiga aylandi va bank ustav kapitalini miqdori 30 mlrd. so‘mga yetdi.
Bank aktsiyadorlari tarkibida yangi xorijiy investor paydo bo‘ldi. Astrata AG (Shveytsariya) bankning 25 foiz aktsiyasini sotib oldi va bank ustav kapitalining miqdori 42 mlrd. so‘mga yetkazildi. Toshkent shahri “Shayhontohur” tumanida bankning Shayhontohur filiali ochildi.
CASH-IN tizimi bo‘yicha plastik kartalarni naqd pul bilan to‘ldirish imkoniyatini tijorat foydalanishiga tushirganlarning dastlabkilaridan biri. «Standard and Sensitive Ratings» reyting agentligi tomonidan milliy shkala bo‘yicha (UZ) «А+» darajasidagi kredit layoqati va ishonchliligi birlamchi reytingi berilgan.
2022-yil 17-iyundagi aksiyadorlar yig‘ilishi qaroriga ko‘ra rebrending o‘tkazish va bank nomini «Garant bank»ka o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
2023-yilda bank xizmatlarini rivojlantirish, sheriklik aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Har bir filialda individual kartochkalarni loyihalash xizmati muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilib, so‘mda ham, xorijiy valyutada ham 10 ta muddatli omonat yo‘lga qo‘yildi. Kiberxavfsizlik sohasida ham bolalarni, ham kattalarni himoya qilish uchun faol ishlar olib borildi.
2024-yilda Garant bank tashkil topganining 30 yilligini nishonladi va ustav kapitalini 500 milliard so‘mga oshirdi, bu esa bankning moliyaviy barqarorligini va uning yanada o‘sish salohiyatini sezilarli darajada mustahkamladi.Oziq-ovqat va raqamli ekotizimni rivojlantirish doirasida mobil ilovaning funksional imkoniyatlari yangilandi va rasmiy Telegram-bot ishga tushirildi. Xalqaro pul o‘tkazmalari lineykasi IntelExpress va Western Union tizimlarini ulash orqali kengaytirildi.Infratuzilmani kengaytirish davom ettirildi: "To‘rtko‘l" bank xizmatlari markazi ochildi, Dibank tizimi bilan integratsiya yakunlandi.Korporativ ijtimoiy mas’uliyat sohasida bank British Management University va O‘zbekiston ko‘ngillilar uyushmasi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi, shuningdek, "Yashil makon" umummilliy loyihasida ishtirok etdi, uning doirasida 2 440 tup ko‘chat va daraxt ekildi.
2025-yilda Garant bank moliya bozoridagi mavqeini mustahkamlashda davom etdi va mamlakatning eng jadal rivojlanayotgan banklaridan biri maqomini tasdiqladi.Mahsulot lineykasini rivojlantirish doirasida bank biznes uchun yangi mikroqarzlar va kredit mahsulotlarini taqdim etdi, shuningdek, keng ko‘lamli avtokreditlashni yo‘lga qo‘ydi. Garant bank O‘zbekiston Respublikasida birinchi bo‘lib Rossiya, Turkiya va Qirg‘iziston yo‘nalishlari uchun BEST xalqaro pul o‘tkazmalari tizimini joriy etib, mavjud xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari soni bo‘yicha yetakchilikni saqlab qoldi.Hududiy tarmoqni kengaytirish davom ettirildi: Denov va Rishtonda bank xizmatlari markazlari, shuningdek, Xorazm viloyati va Beruniy shahrida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi) jismoniy shaxslarga xizmat ko‘rsatish kassalari ochildi.2025-yilda bank faoliyatining 31 yilligini nishonladi, Ahbor-Reyting versiyasi bo‘yicha barqaror prognoz bilan "uzA" kredit reytingini tasdiqladi, CX Banking Index reytingining First Impression nominatsiyasida oltin va "Sifatli emissiya" nominatsiyasida Uzcard mukofotiga sazovor bo‘ldi.Texnologik va ijtimoiy rivojlanish doirasida Garant bank raqamli xizmatlar va sun’iy intellekt infratuzilmasi uchun Huawei kompaniyasining innovatsion yechimlarini o‘rgandi, shuningdek, moliyaviy savodxonlik va korporativ ijtimoiy mas’uliyat dasturlarini amalga oshirishni davom ettirdi.
Samarali korporativ boshqaruv bank muvaffaqiyatli ish yuritishining asosiy shartidir
Garant bankka O‘zbekistonda ishlovchilar uchun bo‘lishi mumkin maksimal kredit reytinglari berilgan
Garant bank O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan banklar uchun mumkin bo'lgan eng yuqori kredit reytinglari berilgan
Mijozlar tijoriy kontraktlariga ham mahalliy, ham xalqaro bozorlarda ko‘p qirrali xizmat ko‘rsatish