Yangilangan: 20-01-2023

Avto import

Rasmiy daromadga ega va o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar uchun

  • 600 000 000 so'm
    kredit miqdori
  • 26 %dan
    foiz stavkasi
  • 60 oygacha
    kredit muddati
Ko‘rsatkichQiymati / Tavsifi
Kredit ta’rifiRasmiy daromadga ega va o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar uchun ilgari foydalanishda bo‘lmagan xorijiy avtotransport vositalari uchun avtokredit.
Mijoz segmenti18 yoshdan oshgan, rasmiy daromadga ega va o‘zini o‘zi band qilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari.
Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lish talablari1.    Joriy muddati o‘tgan qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi;
2.    Sud jarayonidagi kredit qoldiqlari va balansdan tashqari hisobvaraqqa o‘tkazilgan kredit asosiy qarzi va foizlari mavjud bo‘lmasligi;
3.    KATM bali 200 balldan yuqori bo‘lishi;
4.    “Qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi;
Kreditlar bo‘yicha oxirgi 12 oy ichida:
•    60 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 5 tadan ko‘p bo‘lmasligi;
•    90 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 2 tadan ko‘p bo‘lmasligi.
Kreditlash usuliYopiq kredit liniyasi orqali
Kredit miqdori600,0 (olti yuz) million so‘mgacha
Kredit muddati (KM)60 (oltmish) oygacha
Kreditning imtiyozli davri6 oygacha
Kredit maqsadiIlgari foydalanishda bo‘lmagan yengil turdagi avtotransport vositasini sotib olish uchun
Kreditni ajratish shakliRasmiy dillerlar yoki avtosalon hisob raqamiga pul mablag’larini o‘tkazib berish orqali
 
Rasmiy daromadga ega shaxslar uchun minimal kredit foiz stavkasi 
Kredit foiz stavkasi
Boshlang‘ich to‘lovYillik kredit foiz stavkasi
25 foizdan 35 foizgacha27%
35 foiz va undan yuqori26%
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun minimal kredit foiz stavkasi  
Kredit foiz stavkasi
Boshlang‘ich to‘lovYillik kredit foiz stavkasi
25 foizdan 35 foizgacha28%
35 foiz va undan yuqori27%
Foiz hisoblashFoizlar o‘zgarmas stavkada har kuni hisoblanib, belgilangan grafik bo‘yicha annuitet shaklda so‘ndiriladi.
Kredit ajratilishida mijozga qo‘yilgan asosiy talablar1.    Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi;
2.    Mijozning muddati o‘tgan kredit qarizdorligi mavjud bo’lmasligi;
3.    Rasmiy daromadga ega bo‘lgan shaxlar uzluksiz 6 oy davomida rasmiy daromadga ega bo’lishi; 
4.    O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun o‘zini o‘zi band qilganlik to‘g’risida ma’lumotnoma;
5.    18 yoshdan oshgan, rasmiy daromadga ega hamda o‘zini o‘zi band qilgan bo‘lishi;
6.    Mijozning Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag’i bo‘lmasligi.
Mahsulot bo‘yicha ta’minotKredit mablag’i evaziga xarid qilinayotgan avtotransport vositasi garov ta’minoti hamda ta’minotning yetmagan qismiga kredit qaytmaslik xataridan sug’urta polisi. Ta’minot kredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorga teng bo‘lishi lozim. 
Bunda kredit hisobiga sotib olinayotgan avtotransport vositasi quyidagi miqdorda kredit ta’minoti sifatida olinishi mumkin:
-    Benzinda yuradigan hamda gibrid avtotransport vositalari qiymatining 75% gacha;
-    Elektromobillar  qiymatining 60% gacha.
Bankka aloqador shaxslar uchun kredit ta’minoti 130% miqdorda olinadi.
Qo‘shimcha shartlar:
- Kredit hisobiga sotib olingan avtotransport vositasiga davlat raqami va avtoransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma berilgandan so‘ng 10 bank ish kuni ichida garov shartnomasi imzolanishi,  qarz oluvchi turmush o‘rtog‘ining  notarial idora orqali garovga qo‘yish uchun rozilik xati olinishi va Garov reyestri orqali taqiq o‘rnatilishi lozim;
-  Xorijiy  ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan avtotransport vositasini sotib olish uchun avtotransport vositasi oldi-sotdi shartnomasida VIN-raqam mavjud bo‘lishi va O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan va tegishlicha bojxona ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lishi shart.
beta-версия