Yangilandi: 28-08-2026

Kredit «Biznes-Hamkor»

Kredit «Biznes-Hamkor»
  • Loyihadan kelib chiqib
    kredit miqdori
  • 23,9 % dan boshlab
    foiz stavkasi
  • 60 oygacha
    kredit muddati
Ko‘rsatkich Qiymati / Tavsifi
Mijoz segmentiYuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar 
Mijoz hisobvarag‘iAsosiy yoki ikkilamchi
Kredit valyutasiMilliy valyuta (so‘m) hamda xorijiy valyutada (AQSh dollari)
Kreditlash usuliBosh kelishuvga asosan ochiq kredit liniyasi orqali
Bosh kelishuv limitiYuridik shaxslar uchun – loyiha qiymatidan kelib chiqib;
YaTTlar uchun quyidagicha:
a) o‘rtacha oylik hisobvaraq aylanmasining 30 baravarigacha, lekin 
5,0 mlrd. so‘mdan oshmagan miqdorda;
b) hisobvaraq aylanmasi mavjud bo‘lmagan mijozlar uchun 1,0 mlrd. so‘mgacha.
Bosh kelishuv muddati60 (oltmish) oygacha
Kredit qiymati Bosh  kelishuvga asosan belgilangan limit doirasida. 
Inividual kredit shartnomalar
muddati va 
foiz stavkalari
Milliy valyutada:

*quyidagi talablarga javob beradigan mijozlar uchun:
tashkil etilganiga 6 oydan oshgan hamda yillik aylanmasiga (muntazam aylanma) teng/undan kam kredit oluvchi mijozlar;
yoki 
 tashkil etilganiga 6 oydan oshgan hamda yillik hisobvaraq aylanmasi (muntazam aylanma) 5 mlrd.so‘mdan kam bo‘lmagan mijozlar.
12  oygacha  - 23,9% dan boshlab
36 oygacha  - 24,9%  dan boshlab
60 oygacha - 25,9%  dan boshlab

*Yuqorida keltirib o‘tilgan talablarga javob bermaydigan 
mijozlar uchun: 
12 oygacha  - 25,9%  dan boshlab
36 oygacha  - 26,9%  dan boshlab
60 oygacha  - 27,9%  dan boshlab

Xorijiy valyutada:
60 oygacha – 14 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda.
 * Kredit foizlari kelgusida Moliyaviy qo‘mita qaroriga asosan o‘zgarishi mumkin. 
Kreditning imtiyozli
davri
Individual kredit shartnomalar doirasida 6 oygacha
Kredit maqsadiQonunchilik bilan ta’qiqlanmagan istalgan maqsadlar uchun  
Moliyalashtirish manbaiBank o‘z mablag‘i va (yoki) jalb qilingan mablag‘lar hisobidan
Kreditni ajratish shakliTa’minotchiga yoki mijozning o‘z hisobvarag‘iga pul ko‘chirish yo‘li bilan (kreditni maqsadli ishlatilishini tekshirish talab etilmaydi).
1,0 mlrd. so‘mgacha miqdorda naqd pulda ajratilishi mumkin.
Kredit ajratilishida mijozga qo‘yilgan asosiy talablar1.    “Garant bank” AJ tizimida asosiy yoki ikkilamchi hisobvarag‘i mavjud bo‘lishi;
2.    Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl) oxirgi hisobot davri yoki oraliq (choraklik) zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi (YaTT hamda yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar* bundan mustasno);
3.    O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi manfiy ko‘rsatkichda bo‘lmasligi (YaTT/yangi tashkil etilgan  yuridik shaxslar* bundan mustasno);
4.    2-sonli kartoteka hisobvarag‘ida qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;
5.    Mijozning Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha qarzdorligi bo‘lmasligi.
6.    Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi:
•    joriy muddati o‘tgan qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi;
•    sud jarayonidagi kredit qoldiqlari va balansdan tashqari hisobvaraqqa o‘tkazilgan kredit asosiy qarzi va foizlari mavjud bo‘lmasligi;
•    KATM bali 200 balldan yuqori bo‘lishi
•    “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi;
•    O‘zaro aloqador korxonalarining “Garant bank” AJ tizimida muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi.

Kreditlar bo‘yicha oxirgi 12 oy ichida:

• 60 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 3 tadan ko‘p bo‘lmasligi;
• 90 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 2 tadan ko‘p
bo‘lmasligi ammo, oxirgi 6 oy ichida 90 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari umuman bo‘lmasligi.
** Yangi tashkil etilgan  yuridik shaxslar – moliya yili yakuni bo‘yicha moliyaviy hisobotlarni topshirish muddati kelmagan tashkilotlar.
Mahsulot bo‘yicha ta’minotKredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda
(Aloqador shaxslar uchun 130%)
Qabul qilinadigan ta’minot turlari1.Pul mablag‘lari;
2.Ko‘chmas mulk;
3.Ishlab chiqarilgan muddati 5-yildan oshmagan avtotransport vositalari;
4.Qonunchilik hamda bankning joriy kredit siyosati bilan ta’qiqlanmagan boshqa ta’minot turlari.
*Kredit ta’minotining kamida 80 foizini mol-mulk (ko‘chmas mulk va/yoki avtotransport vositalari) tashkil qilishi lozim.
Virtual qabulxona

Siz uchun premium karta yaratishimizga yordam bering

Qisqa so‘rovnomada ishtirok etib, Garant bank’ning limitlangan kartasida qanday shartlar, afzalliklar va imkoniyatlarni ko‘rishni istashingizni biz bilan bo‘lishing.

So‘rovnomani to‘ldirish
Siz uchun premium karta yaratishimizga yordam bering