Avtokredit «Komfort avto»
0% stavka quyidagi holatlarda qo‘llaniladi: oldindan to‘lov 30% dan yuqori bo‘lganda 13 oygacha, 40% dan yuqori bo‘lganda 18 oygacha va 50% dan yuqori bo‘lganda 22 oygacha
0% stavka quyidagi holatlarda qo‘llaniladi: oldindan to‘lov 30% dan yuqori bo‘lganda 13 oygacha, 40% dan yuqori bo‘lganda 18 oygacha va 50% dan yuqori bo‘lganda 22 oygacha
Ko‘rsatkich | Qiymati / Tavsifi |
Kredit maqsadi | Birlamchi bozordan Uzavtomotors tomonidan ishlab chiqarilgan Chevrolet - Onix, Tracker, Damas avtomobillarini sotib olish uchun avtokredit. |
Mijoz segmenti | Barcha turdagi yuridik shaxs hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar |
Kredit tarixiga talablar | 1. Joriy muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi; 2. Ijobiy kredit tarixi (KATM bali 200 balldan yuqori bo‘lishi); 3. So‘ngi 6 oyda 90 kundan ortiq muddatga kechiktirilgan kredit qarzdorligini yuzaga keltirmagan bo‘lishi; 3."Qoniqarsiz", "shubhali" va "umidsiz" toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi lozim. |
Kredit miqdori | 1 000 000 000 (bir milliard) so‘mgacha |
Kredit muddati | 60 (oltmish) oygacha |
Imtiyozli muddati | 3 (uch) oygacha |
Kredit valyutasi | Milliy valyuta (so‘m) |
Foiz hisoblash | Annuitet/differensial shaklda |
Asosiy qarz va foiz to‘lovlarini to‘lash davri | Asosiy qarz va foiz to‘lovlari - har oyda; |
Kredit ajratilishida mijozga qo‘yilgan asosiy talablar | - “Garant bank” AJ tizimida asosiy yoki ikkilamchi hisobvarag‘i mavjud bo‘lishi; - Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl) oxirgi hisobot davri (yillik yoki choraklik) zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi (YaTTlar va yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar (6 oy) uchun talab etilmaydi); - O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi manfiy ko‘rsatkichda bo‘lmasligi (YaTTlar va yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar (6 oy) uchun talab etilmaydi); - “2-sonli kartoteka” hisobvarag‘ida qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi; - Mijozning Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha qarzdorligi bo‘lmasligi. |
Mahsulot bo‘yicha ta‘minot | 1. Depozit mablag‘lari; 2. Ko‘chmas mulk; 3. Ishlab chiqarilgan muddati 5-yildan oshmagan avtotransport vositalari; 4. Kredit mablag‘i evaziga xarid qilinayotgan avtotransport vositasi garov ta’minoti hamda ta’minotning yetmagan qismiga kredit qaytmaslik xataridan sug‘urta polisi olinadi. Bunda, avtomobil ta’minotchi tomonidan yetkazib berilib, notarial tartibda rasmiylashtirilguniga qadar vaqtinchalik kredit qaytmaslik xataridan sug‘urta polisi rasmiylashtiriladi. Ta’minot kredit summasining kamida 125% foizini tashkil qilishi lozim. - Kredit hisobiga sotib olinayotgan avtotransport vositalari birlamchi bozor qiymatining 80 foizidan oshmagan miqdorda garovga qabul qilinadi. - Bankka aloqador shaxslar uchun kredit ta’minoti 130% miqdorda olinadi. |
Shartlarni yaxshilash va xizmatlarimizni siz uchun yanada qulay qilish uchun qisqa so`rovnomani to`ldirishga rozi bo`lsangiz, biz minnatdor bo`lamiz. Sizning fikr-mulohazalaringiz biz uchun juda muhim.
Hurmat bilan, Garant bank.