Mikroqarz «GO»
Rasmiy daromadga ega jismoniy shaxslar uchun mikroqarz
O‘zbekiston Respublikasi hududida onlayn xaridlar va to‘lovlarni amalga oshirish
Batafsilroq«Imkoniyat» mikrokreditini olish uchun ariza yuboring
BatafsilroqGarant bank bilan daromad olishni bugundanoq boshla
BatafsilroqKo‘rsatkich | Qiymati / Tavsifi |
Mikroqarz ta’rifi | Rasmiy daromadga ega jismoniy shaxslar uchun mikroqarz |
Mijoz segmenti | 18 yoshdan oshgan, so‘nggi 6 oyda uzluksiz rasmiy daromadga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari |
Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lish talablari | 1. Muddati o‘tgan qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi; 2. Sud jarayonidagi kredit qoldiqlari va balansdan tashqari hisobvaraqqa o‘tkazilgan kredit asosiy qarzi va foizlari mavjud bo‘lmasligi; 3. KATM bali 200 balldan yuqori bo‘lishi; 4. “Qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi; 5. O‘zaro aloqador korxonalarining “Garant Bank” AJ tizimida muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi. Kreditlar bo‘yicha oxirgi 12 oy ichida: • 60 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 5 tadan ko‘p bo‘lmasligi; • 90 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 2 tadan ko‘p bo‘lmasligi. |
Kreditlash usuli | Yopiq kredit liniyasi orqali |
Kredit miqdori | 100,0 (bir yuz) million so‘mgacha |
Kredit muddati | 48 (qirq sakkiz) oygacha; |
Kreditning imtiyozli davri | Imtiyozli davrsiz |
Kredit maqsadi | Maqsadlilik tamoyili mavjud emas |
Kredit valyutasi | Milliy valyuta (so‘m) |
Moliyalashtirish manbai | Bank o‘z mablag’i va (yoki) jalb qilingan mablag‘lar hisobidan |
Kreditni ajratish shakli | Mijozning “Garant bank” AJ tizimida ochilgan plastik kartasiga pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi |
Minimal kredit foiz stavkasi | |||
Kredit muddati | 12 oy | Kredit foiz stavkasi | 28% |
Kredit muddati | 24 oy | Kredit foiz stavkasi | 30% |
Kredit muddati | 36 oy | Kredit foiz stavkasi | 32% |
Kredit muddati | 48 oy | Kredit foiz stavkasi | 34% |
Foiz hisoblash | Foizlar o‘zgarmas stavkada har kuni hisoblanib, belgilangan grafik bo‘yicha annuitet/differensial shaklda so‘ndiriladi |
Asosiy qarz va foiz to‘lovlari to‘lash davri | Asosiy qarz va foiz to‘lovlari – har oyda |
Kredit ajratilishida mijozga qo‘yilgan asosiy talablar | 1. “Garant bank” AJ tizimida ochilgan plastik karta mavjud bo‘lishi; 2. Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi; 3. Mijozning muddati o‘tgan kredit qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi; 4. Uzluksiz 6 oy davomida rasmiy daromadga ega bo’lishi; 5. 18 yoshdan oshgan, rasmiy daromadga ega bo‘lishi; 6. Qarz yuki ko‘rsatkichi yetarli bo‘lishi; 7. Mijozning Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan qarz mablag’i bo‘lmasligi; |
Mahsulot bo‘yicha ta’minot | Kredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda. Bunda kredit qaytmaslik xataridan sug’urta polisi yoki 3-shaxs kafilligi kredit ta’minoti sifatida qabul qilinadi. Bankka aloqador shaxslar uchun kredit ta’minoti 130% miqdorda. |