Yangilandi: 02-09-2026
-
1 mlrd so'mgachakredit miqdori
-
25 % dan boshlabfoiz stavkasi
-
60 oygachakredit muddati
| Taklif qilinayotgan mahsulotning asosiy xususiyatlari | |
| Ko‘rsatkich | Qiymati / Tavsifi |
| Mijoz segmenti | Yakka tartibdagi tadbirkorlar |
| Kredit ajratilishida mijozga qo‘yilgan asosiy talablar | 1. “Garant Bank” AJ tizimida asosiy yoki ikkilamchi hisobraqami mavjud bo‘lishi; 2. Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi; 3. 2-sonli kartoteka hisob varag‘ida qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi; 4. Mijozning Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ bo‘lmasligi |
| Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lish talablari | 1. Joriy muddati o‘tgan qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi; 2. Sud jarayonidagi kredit qoldiqlari va balansdan tashqari hisobvaraqqa o‘tkazilgan kredit asosiy qarzi va foizlari mavjud bo‘lmasligi; 3. KATM bali 200 balldan yuqori bo‘lishi; 4. “Qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi; 5. O‘zaro aloqador korxonalarining “Garant Bank” AJ tizimida muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi 6. Kreditlar bo‘yicha oxirgi 12 oy ichida: • 60 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 5 tadan ko‘p bo‘lmasligi; • 90 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 2 tadan ko‘p bo‘lmasligi |
| Mijoz hisobraqami | Asosiy yoki ikkilamchi |
| Kreditlash usuli | Yopiq kredit liniyasi orqali |
| Kredit miqdori | 1 000 000 000 (bir milliard) so‘mgacha |
| Kredit muddati | 60 (oltmish) oygacha |
| Kreditning imtiyozli davri | (3 oygacha) |
| Kredit maqsadi | Maqsadlilik tamoyili mavjud emas |
| Kredit valyutasi | Milliy valyuta (so‘m) |
| Moliyalashtirish manbai | Bank o‘z mablag‘i va (yoki) jalb qilingan mablag‘lar hisobidan |
| Kreditni ajratish shakli | 1. Naqd pul ko‘rinishida (naqd pul cheki orqali) 2. Korporativ plastik kartaga pul o‘tkazish |
| Minimal kredit foiz stavkasi | Mijozning yillik hisobvaraq aylanmasi 1 mlrd. so‘mdan oshiq bo‘lsa: 12 оyga – 25 % 36 oyga – 26 % 48 oyga – 27 % 60 oyga – 28 % Mijozning yillik hisobvaraq aylanmasi 1 mlrd. so‘mdan kam bo‘lsa yoki aylanmaga ega bo‘lmasa: 12 оyga – 26 % 36 oyga – 27 % 48 oyga – 28 % 60 oyga – 29 % *Kelgusida Moliyaviy qo‘mita qaroriga asosan o‘zgarishi mumkin. |
| Muddati o‘tgan qarzdorlik uchun kredit foizi | O‘rnatilgan foiz stavkasidan 1,5 marotaba oshiriladi |
| Foiz hisoblash | Foizlar o‘zgarmas stavkada har kuni hisoblanib, belgilangan grafik bo‘yicha so‘ndiriladi |
| Asosiy qarz va foiz to‘lovlarini to‘lash davri | Asosiy qarzdorlik – har oyda; Foiz to‘lovi – har oyda |
| Foiz hisoblash usullari | Annuitet/Differnsial |
| Mahsulot bo‘yicha ta’minot | Kredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda (Aloqador shaxslar uchun - 130%) |
| Qabul qilinadigan ta’minot turlari | 1. Pul mablag‘lari; 2. Ko‘char va ko‘chmas mulklar; 3. Ishlab chiqarilgan muddati 5 yildan oshmagan avtotransport vositalari; 4. Qonunchilik bilan ta’qiqlanmagan boshqa ta’minot turlari. |
Siz uchun premium karta yaratishimizga yordam bering
Qisqa so‘rovnomada ishtirok etib, Garant bank’ning limitlangan kartasida qanday shartlar, afzalliklar va imkoniyatlarni ko‘rishni istashingizni biz bilan bo‘lishing.
So‘rovnomani to‘ldirish