Yangilangan: 25-03-2024

Bank strategiyasi

Garant bank halol raqobat tamoyillariga rioya qilgan tarzda moliya bozorida barqaror, ishonchli, doimiy sherik obroʼsini mustahkamlash, mijozlar manfaatlaridan kelib chiqqan holda hamda ular uchun afzal boʼlgan shartlar asosida keng koʼlamdagi bank xizmatlarini koʼrsatish, bu bilan hamkorlar, investorlar va bank aktsiyadorlarining bankka boʼlgan ishonchi va qiziqishini orttirish.

Bank strategiyasi

Garant bank halol raqobat tamoyillariga rioya qilgan tarzda moliya bozorida barqaror, ishonchli, doimiy sherik obroʼsini mustahkamlash, mijozlar manfaatlaridan kelib chiqqan holda hamda ular uchun afzal boʼlgan shartlar asosida keng koʼlamdagi bank xizmatlarini koʼrsatish, bu bilan hamkorlar, investorlar va bank aktsiyadorlarining bankka boʼlgan ishonchi va qiziqishini orttirish.

Strategik rivojlanish dasturiga muvofiq, Garant bank oʼz faoliyatining barqarorligini taʼminlaydi va asosiy eʼtiborini oʼz mablagʼlarini rivojlanayotgan istiqbolli sohalarga yoʼnaltirish, iqtisodiyot real sektorini mablagʼ bilan taʼminlashda bank ishtirokini kengaytirish, mijozlar bazasini kengaytirish va diversifikatsiya qilish, raqobatli muhitni rivojlantirish va bank xizmatlarini yaxshilashga qaratadi.

Maqsad

Bank faoliyatini kenggaytirish, takomillashtirish va har bir mijoz talablarini qondiruvchi moliyaviy qarorlar qabul qilishni yoʼlga qoʼyish, yangi bank xizmatlarini joriy etish bank rivojlanishining asosiy strategik yoʼnalishini tashkil etadi. Bankning investitsiyalarni jalb etuvchi jihatlarini kuchaytirishni taʼminlash hamda boshqarish va texnologik jarayonlarni zamonaviylashtirish yoʼli bilan moliya bozorida yuqori darajadagi mavqeni saqlab turish.

Bankning ustuvor vazifalari quyidagicha:
  • Mijozlar bazasini kengaytirish hamda undagi korporativ klientlar xissasini koʼpaytirish;
  • Faoliyat turlarini kengaytirish va xizmatlar sifatini yaxshilash;
  • Tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirish va bankning valyuta zaxiralarini koʼpaytirish;
  • Mijozlar bilan boʼlgan oʼzaro taʼsir tizimini takomillashtirish hisobiga bankning savdo-sotiq va daromad olish hajmini oʼstirish;
  • Аktivlarni diversifikatsiya qilish;
  • Bank texnologiyalarini rivojlantirish, yuksak mehnat unumdorligiga erishish;
  • Bank xizmatlari hammabopligini rivojlantirish;
  • Daromadlarni va bank rentabelligini oshirish hisobiga barqaror rivojlanishni taʼminlash;
  • Kapitallashuv darajasini oshirish hisobiga bankning resurs bazasini mustahkamalash.
  • Bank faoliyatining anʼanaviy standartlariga sodiqlik, oqilona moliya siyosatini olib borish, sifatli menejment va yangi texnologiyalardan foydalanish mijozlarning bankka nisbatan ishonchini mustahkamlash va bank nufuzining ortishiga xizmat qildi. Kredit siyosatini takomillashtirish jarayonida bank kredit bilan bogʼliq tavakkallarning minimal darajada boʼlishini taʼminlash va kreditlar sonini koʼpaytirishga katta eʼtibor qaratadi.
beta-версия