Yangilandi: 03-11-2025

Lizing «GARANT LIZING»

  • Lizing obyekti qiymatidan kelib chiqib
    kredit miqdori
  • 28 %dan
    foiz stavkasi
  • 60 oygacha
    kredit muddati
 
Ko‘rsatkichQiymati / Tavsifi
Lizing (moliyaviy ijara)Bank (Lizing beruvchi) lizing oluvchining (bank mijozi) topshirig‘iga sotuvchidan lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib sotib olishni va uni shu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga berishni nazarda tutadi
Foydalanish mumkin bo‘lgan lizing shakllariLizing uning uchta subyekti ishtirok etadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaklda ham, lizing oluvchi va sotuvchi bo‘lib bir shaxsning o‘zi ishtirok etadigan qaytariladigan shaklda ham amalga oshirilishi mumkin.
Mijoz segmenti (lizing oluvchi)Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 
yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar
Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lish talablari•    joriy muddati o‘tgan qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi;
•    sud jarayonidagi kredit qoldiqlari va balansdan tashqari hisobvaraqqa o‘tkazilgan kredit asosiy qarzi va foizlari mavjud bo‘lmasligi;
•    KATM bali 200 balldan yuqori bo‘lishi;
•    “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi;
•    O‘zaro aloqador korxonalarining “Garant bank” AJ tizimida muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi.
Mijoz hisobvarag‘i iAsosiy yoki ikkilamchi
Lizing valyutasiMilliy valyuta (so‘m)
Mahsulot turiMoliyaviy lizing
Lizing shakllariLizing uning uchta subyekti ishtirok etadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaklda ham, lizing oluvchi va sotuvchi bo‘lib bir shaxsning o‘zi ishtirok etadigan qaytariladigan shaklda ham amalga oshirilishi mumkin.
Lizing obyektlariTadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko‘char va ko‘chmas mulk lizing obyektlari bo‘lishi mumkin.

*Yer uchastkalari va boshqa tabiiy obyektlar, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo‘lishi cheklangan boshqa mol-mulk lizing obyektlari bo‘lishi mumkin emas.
Lizing qiymati Lizing obyekti qiymatidan kelib chiqib
Lizing muddati va 
foiz stavkalari
13 oydan 36 oygacha – 28 foiz;
37 oydan 60 oygacha – 29 foiz.

*Lizing  foizlari kelgusida Likvidlik va resurslarni boshqarish qo‘mitasi qaroriga asosan o‘zgarishi mumkin.
Imtiyozli davr6 oygacha
Foiz hisoblashAnnuitet yoki diffirensial usulida
Lizing ajratilishida mijozga qo‘yilgan asosiy talablar1.    “Garant bank” AJ tizimida asosiy yoki ikkilamchi hisobvarag‘i mavjud bo‘lishi;
2.    Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl) oxirgi hisobot davri (yillik yoki choraklik) zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi (YaTT hamda yangi tashkil etilgan (6 oygacha)  yuridik shaxslar bundan mustasno);
3.    O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi manfiy ko‘rsatkichda bo‘lmasligi (YaTT hamda yangi tashkil etilgan  yuridik shaxslar bundan mustasno);
4.    2-sonli kartoteka hisobvarag‘ida qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;
5.    Mijozning majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha qarzdorligi bo‘lmasligi.
Qabul qilinadigan ta’minot turlari1.Pul mablag‘lari;
2.Ko‘chmas mulk;
3.Ishlab chiqarilgan muddati 5-yildan oshmagan avtotransport vositalari;
4.Qonunchilik hamda bankning joriy kredit siyosati bilan ta’qiqlanmagan boshqa ta’minot turlari.
Lizing ta’minotiga qo‘yilgan talablar  1. Ko‘chmas mulklar uchun: 
-ko‘chmas mulk joylashgan yerga nisbatan tegishli huquqlar mavjud bo‘lishi (ko‘p qavatli uyda joylashgan binolar bundan mustasno);
2. Kafillik uchun (qo‘shimcha ta’minot sifatida olish bundan mustasno):
-Davlat ro‘yxatidan o‘tgan muddati 12 oydan kam bo‘lmagan bo‘lishi:
-Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl) zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi;
-O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi manfiy ko‘rsatkichda bo‘lmasligi;
-2-sonli kartoteka qarzdorligi bo‘lmasligi;
-Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ mavjud bo‘lmasligi;
-Taqdim etilayotgan kafillik summasi kafilning jami aktivlarining 
80 foizidan oshmasligi kerak;
-Kafil korxonaning oxirgi 12 oylik pul aylanmasi kafillik qiymatining 50 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.
3. Lizing hisobiga sotib olinadigan mulk xususiyatidan kelib chiqib, qo‘shimcha talab etiladigan mol-mulk garovi qiymati quyidacha bo‘lishi lozim:
a) Lizing ob’ekti  korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar bo‘lganda – lizing shartnomasi qiymatining 45% miqdorida;
b) Lizing ob’ekti yengil avtotransport vositalari bo‘lganda – lizing shartnomasi qiymatining 55% miqdorida;
s) Lizing ob’ekti maxsus texnikalar va yuk avtotransport vositalari bo‘lganda – lizing shartnomasi qiymatining 65% miqdorida;
d) Lizing ob’ekti uskunalar, texnologiyalar va boshqa ob’ektlar bo‘lganda – lizing shartnomasi qiymatining 100% miqdorida.
Lizing obyektini hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazishLizing obyekti lizing oluvchi balansida hisobga olinadi. 
Davlat organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi talab etiladigan lizing obyektlari qonunchilikda belgilangan tartibda bank (lizing beruvchi) yoki lizing oluvchining nomiga rasmiylashtiriladi.
beta-версия