Talabalar kartasi
Student Card — bu ISIC (Xalqaro talaba identifikatsiya kartasi) bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan HUMO va MasterCard asosidagi bank kartasi hisoblanadi. Ushbu kartani OTMning barcha talabalari rasmiylashtirishlari mumkin. ISIC - talabaning maqomini rasman tasdiqlovchi yagona xalqaro talaba kartasi sanaladi. Bitta karta bilan siz dunyoning 130 ta mamlakatidagi ko‘plab foydali ilovalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.