Yangilangan: 14-12-2024
Ezgulik kartasi

Ezgulik kartasi

"Ezgulik kartasi" - ISIC va O'zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan bank kartasi. O‘zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi a’zolari uchun maxsus karta yaratilgan bo‘lib, u nafaqat volontyorlarning kundalik faoliyatini soddalashtiradi, balki ularga eksklyuziv imtiyozlar beradi hamda ISIC xalqaro imkoniyatlari va mahalliy hamkorlar tarmog‘ining afzalliklarini o‘zida mujassamlashtiradi. Ushbu karta nafaqat moliyaviy vosita, balki har kuni dunyoni yaxshilaydigan odamlarga minnatdorchilik va qo'llab-quvvatlash ifodasidir.

‼️ Muhim, to‘g‘ri rasmiylashtirish va 50% chegirmaga ega boʻlish uchun ro‘yxatdan o‘tayotganda UVA2024 promo-kodini kiriting.

Karta uchun ariza
  • 100 000 so'm
    Kartani chiqarish / Qayta chiqarish
    100 000 so'm - chegirmali narx, 200 000 so'm - chegirmasiz.
  • 5 yil
    Amal qilish muddati

Karta to‘g‘risida

"Ezgulik kartasi" butun dunyo boʻylab minglab kompaniyalarni oʻz ichiga olgan ISIC hamkorlar tarmogʻida keng doiradagi imtiyozlardan foydalanish imkonini beradi. Volontyorlar quyidagilarga imtiyozlardan foydalanishlari mumkin:

•    Kundalik volontyorlarlik faoliyati uchun zarur bo'lgan tovarlar va xizmatlarga chegirmalar.
•    Shaxsiy xaridlar, jumladan, asosiy narsalar, o'quv materiallari va boshqalar uchun maxsus takliflar.
•    ISIC karta egalari uchun taʼlim, transport va koʻngilochar sohalardagi imtiyozlar va bonuslar mavjud.

Garant banki va ISIC ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi standartni o‘rnatishda davom etib, yaxshilik har doim qaytib kelishini ko'rsatishmoqda.
 

Moliyangizni masofadan boshqaring

  • Kartalarni boshqarish
  • Tovarlar va xizmatlarga buyurtma berish
  • To'lovlar va o'tkazmalar
  • Valyuta ayirboshlash
Bafafsil
beta-версия