Yangilandi: 04-11-2025

Avtokredit «BIZNES AVTO»

Avtokredit «BIZNES AVTO»
  • 3 000 000 000 so‘mgacha
    kredit miqdori
  • 24% dan boshlab
    foiz stavkasi
  • 60 oygacha
    kredit muddati
 
Ko‘rsatkichQiymati / Tavsifi
Kredit maqsadiBirlamchi va ikkilamchi bozordan ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan yengil va yuk tashish avtotransport vositalarini sotib olish uchun avtokredit.
Mijoz segmentiBarcha turdagi yuridik shaxs hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar
kredit tarixiga talablar1. Joriy muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi;
2. Ijobiy kredit tarixi (KATM bali 200 balldan yuqori bo‘lishi); 
3."Qoniqarsiz", "shubhali" va "umidsiz" toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi lozim.
Kreditlash usuliYopiq kredit liniyasi orqali
Kredit miqdori3 000 000 000 (uch milliard) so‘mgacha
Kredit muddati60 (oltmish) oygacha
Imtiyozli muddati6 (olti) oygacha
Kredit valyutasiMilliy valyuta (so‘m)
Kreditni ajratish shakliSotuvchi dillerlar yoki avtosalon hisobvarag‘iga, shuningdek ikkilamchi bozorda sotuvchilarning hisobvarag‘iga pul mablag‘larini o‘tkazib berish orqali
 
Foiz hisoblashFoizlar o‘zgarmas stavkada har kuni hisoblanib, belgilangan grafik bo‘yicha annuitet/differensial shaklda so‘ndiriladi
Kreditni to‘lash davriAsosiy qarz va foiz to‘lovlari - har oyda;
Kredit ajratilishida mijozga qo‘yilgan asosiy talablar-    “Garant bank” AJ tizimida asosiy yoki ikkilamchi hisobvarag‘i mavjud bo‘lishi;
-    Mijozning kredit tarixi salbiy bo‘lmasligi;
-    Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl) oxirgi hisobot davri yoki tezkor (choraklik) zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi (YaTTlar va yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar uchun talab etilmaydi);
-    “2-sonli kartoteka” hisobvarag‘ida qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;
-    Mijozning Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha qarzdorligi bo‘lmasligi.
* Yangi tashkil etilgan  yuridik shaxslar – moliya yili yakuni bo‘yicha moliyaviy hisobotlarni topshirish muddati kelmagan tashkilotlar.
Mahsulot bo‘yicha ta‘minot1. Depozit mablag‘lari;
2. Ko‘chmas mulk;
3. Ishlab chiqarilgan muddati 5-yildan oshmagan avtotransport vositalari;
4. Kredit mablag‘i evaziga xarid qilinayotgan avtotransport vositasi garov ta’minoti hamda ta’minotning yetmagan qismiga kredit qaytmaslik xataridan sug‘urta polisi olinadi (sug‘urta polisi qiymati jami kredit qiymatining 50 foizidan oshmasligi lozim). 
Bunda, avtomobil ta’minotchi tomonidan yetkazib berilib, belgilangan tartibda garov ta’minoti sifatida rasmiylashtirilguniga qadar vaqtinchalik korxona ta’sischisining, direktorining (yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun tadbirkorning o‘zi jismoniy shaxs sifatida) kafilligi rasmiylashtirilishi (kafilning daromadi bo‘yicha ma’lumot taqdim etilishi va tahlil qilinishi talab etilmaydi) yoki boshqa  ta’minot olinishi mumkin.
Ta’minot kredit summasining kamida 125% foizini tashkil qilishi lozim.
-Bankka aloqador shaxslar uchun kredit ta’minoti 130% miqdorda olinadi.
* boshlang‘ich badal to‘lanmagan holda uning o‘rniga likvidli mol-mulk ta’minoti qabul qilinishi mumkin. Bunda kredit uchun foiz stavkasi ushbu kredit mahsuloti pasporti bo‘yicha o‘rnatilgan eng yuqori foiz stavkada belgilanadi.
Virtual qabulxona

Siz uchun premium karta yaratishimizga yordam bering

Qisqa so‘rovnomada ishtirok etib, Garant bank’ning limitlangan kartasida qanday shartlar, afzalliklar va imkoniyatlarni ko‘rishni istashingizni biz bilan bo‘lishing.

So‘rovnomani to‘ldirish
Siz uchun premium karta yaratishimizga yordam bering