Yangilandi: 04-11-2025

Kredit «KAFOLAT»

  • Talab etilayotgan miqdordan kelib chiqib belgilanadi.
    kredit miqdori
  • foiz stavkasi
  • kredit muddati
ShartlarTavsifi
Kafolatning turlari-    Bojxona to‘lovlarini to‘lash muddatini uzaytirish kafolati;
-    To‘lov kafolati;
-    Avans to‘lovini qaytarish kafolati;
-    Tanlov asosidagi taklifga tender arizasi ta’minlash kafolati;
-    Shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish kafolati va boshqalar
Kafolatdan foydalanadigan subyektlar“Garant bank” AJ tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar
Kafolat berish talablari-    “Asosiy” hisobvarag‘i “Garant bank” AJda bo‘lishi;
-    “Kartoteka-2” bo‘yicha qarzdorliklari bo‘lmasligi;
-    Oxirgi hisobot sanasiga Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl) oxirgi hisobot davrizarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi (YaTT hamda yangi tashkil etilgan (6 oygacha) yuridik shaxslar bundan mustasno);
-    O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi manfiy ko‘rsatkichda bo‘lmasligi (YaTT hamda yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar bundan mustasno);
-    Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi: 
•    joriy muddati o‘tgan qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi;
•    sud jarayonidagi kredit qoldiqlari va balansdan tashqari hisobvaraqqa o‘tkazilgan kredit asosiy qarzi va foizlari mavjud bo‘lmasligi;
•    KATM bali 200 balldan yuqori bo‘lishi;
•    “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi;
•    O‘zaro aloqador korxonalarining “Garant bank” AJ tizimida muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi.
Talab etiladigan hujjatlar*-    Kafolatdan foydalanish bo‘yicha ariza;
-    So‘ngi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (YaTT hamda yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar bundan mustasno);
-    Kafolatdan foydalanishning butun davrini o‘z ichiga olgan pul oqimlari prognozi;
-    Kafolat ta’minoti (kadastr, transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va boshqalar) hujjatlari;
-    Mustaqil baholovchi tomonidan garovga qo‘yilayotgan mulkni baholash hisoboti;
-    Kafolat o‘tkazilishi bo‘yicha hujjat (e’lon, shartnoma va boshqalar);
-    Qo‘shimcha ravishda qonunchilikda belgilangan boshqa hujjatlar talab etilishi mumkin.
Kafolat miqdoriTalab etilayotgan miqdordan kelib chiqib belgilanadi.
Kafolat valyutasiMilliy va xorijiy valyuta
Kafolat muddati 36 (o‘ttiz olti) oygacha
Kafolat uchun bir martalik komissiya to‘lovi (to‘lovlar kafolat berishidan oldin to‘liq undiriladi)ta’minot to‘liq depozit mablag‘lari bilan ta’minlangan holda:
-    3 oygacha – 1 (bir) foiz;
-    6 oygacha – 2 (ikki) foiz;
-    6 oydan ortiq muddatga – 3 (uch) foizdan;
-    boshqa ta’minot turlari bilan ta’minlangan holda:
-    3 oygacha – 2 (ikki) foiz;
-    6 oygacha – 3 (uch) foiz;
-    6 oydan ortiq muddatga – 5 (besh) foizdan kam bo‘lmagan miqdorda
Kafolat summasi bank mablag‘lari hisobidan to‘langan taqdirda kafolat uchun komission to‘lov 10 (o‘n) foiz
Kafolat ta’minoti miqdori-    Kafolat ta’minoti uchun qabul qilinadigan mol-mulkning kelishilgan garov qiymati, kafolat summasining 125 foizidan kam bo‘lmasligi lozim;
-    Kafolat ta’minoti uchun qabul qilinadigan pul mablag‘lari kafolat summasining 
110 foizidan kam bo‘lmasligi lozim
Kafolat ta’minoti1. Depozit  (milliy va xorijiy valyutada);
2. Ko‘chmas va ko‘char mulklar;
3. Ishlab chiqarilgan muddati 5 (besh) yildan oshmagan avtotransport vositalari;
4. Qonun bilan ta’qiqlanmagan boshqa ta’minot turlari.
Mijoz kafolat olish huquqiga ega bo‘lmagan holatlarO‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va bank Kredit siyosatiga zid faoliyat turlarini moliyalashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
 *Kafolat ta’minoti sifatida to‘liq depozit mablag‘lari taqdim qilingan taqdirda mijoz moliyaviy holati tahlil qilinmasligi hamda pul oqimlari prognozi talab etilmasligi mumkin.
beta-версия