Kredit «Optima»
Yuridik shaxslar uchun (yakka tartibdagi tadbirkorlar bundan mustasno) maqsadsiz ajratiladigan kredit
Yuridik shaxslar uchun (yakka tartibdagi tadbirkorlar bundan mustasno) maqsadsiz ajratiladigan kredit
| Ko‘rsatkich | Qiymati / Tavsifi |
| Mijoz segmenti | Tadbirkorlik subyektlari |
| Kredit ajratilishida mijozga qo‘yilgan asosiy talablar | 1. “Garant bank” AJ tizimida asosiy yoki ikkilamchi hisobvarag‘i mavjud bo‘lishi; 2. Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi; 3. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl) oxirgi hisobot davri zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi (yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar bundan mustasno); 4. O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi manfiy ko‘rsatkichda bo‘lmasligi (yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar bundan mustasno); 5. 2-sonli kartoteka hisobvarag‘ida qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi; 6. Mijozning Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha qarzdorligi bo‘lmasligi. *Yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar – moliya yili yakuni bo‘yicha moliyaviy hisobotlarni topshirish muddati kelmagan tashkilotlar. |
| Kreditlash usuli | Yopiq kredit liniyasi orqali |
| Kredit miqdori | 6 000 000 000 (olti milliard) so‘mgacha |
| Kredit muddati | 60 oygacha |
| Kreditning imtiyozli davri | 6 oygacha |
| Kredit maqsadi | Maqsadlilik tamoyili qo’llanilmaydi |
| Kredit valyutasi | Milliy valyuta (so‘m) |
| Kreditni ajratish shakli | Mijozning “Garant bank” AJ tizimida ochilgan asosiy yoki ikkilamchi hisob raqamiga pul o‘tkazib berish yo‘li bilan yoki bank kassasidan naqd pulda ajratiladi |
| Minimal kredit foiz stavkasi | *quyidagi talablarga javob beradigan mijozlar uchun: tashkil etilganiga 6 oydan oshgan hamda yillik aylanmasiga (muntazam aylanma) teng/undan kam kredit oluvchi mijozlar; yoki tashkil etilganiga 6 oydan oshgan hamda yillik hisobvaraq aylanmasi (muntazam aylanma) 5 mlrd.so‘mdan kam bo‘lmagan mijozlar. 36 oygacha - 25 % dan boshlab 60 oygacha – 26 % dan boshlab *Yuqorida keltirib o‘tilgan talablarga javob bermaydigan mijozlar uchun: 36 oygacha – 27 % dan boshlab 60 oygacha – 28 % dan boshlab *Kredit foizlari kelgusida Moliyaviy qo‘mita qaroriga asosan o‘zgarishi mumkin. |
| Mahsulot bo‘yicha ta’minot | Kredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorida (Aloqador shaxslar uchun - 130%) |
| Qabul qilinadigan ta’minot turlari | 1. Pul mablag‘lari. 2. Ko‘chmas mulklar. 3. Ishlab chiqarilgan muddati 5 yildan oshmagan avtotransport vositalari; 4. Qonunchilik hamda bankning joriy kredit siyosati bilan ta’qiqlanmagan boshqa ta’minot turlari. |