Kredit «Kapital»
Yuridik shaxslarga ko‘chmas mulk sotib olish uchun ajratiladigan kredit
Ko‘rsatkich | Qiymati / Tavsifi |
Tadbirkorlik subyektlari uchun kredit | |
Kredit ajratilishida mijozga qo‘yilgan asosiy talablar | 1. “Garant bank” AJ tizimida asosiy yoki ikkilamchi hisob raqami mavjud bo‘lishi; 2. Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lish; 3. Ustav fondi qonunchilikda belgilangan muddatda taʼsischilar tomonidan to‘liq shakllantirilgan bo‘lishi; 4. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl) oxirgi hisobot davri (yillik yoki choraklik) bilan zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi; 5. O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi va ularning manfiy ko‘rsatkichda bo‘lmasligi; 6. 2-sonli kartoteka hisobvarag‘ida qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi; 7. Mijozning Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘i bo‘lmasligi; Mijoz tomonidan kredit hisobiga sotib olinayotgan noturar binoning 30 foizi miqdorida boshlang‘ich to‘lov amalga oshirilishi. |
Kredit miqdori | Noturar bino narxining 70 foizigacha |
Kredit muddati | 60 oygacha |
Kreditning imtiyozli davri | 12 oygacha |
Kredit maqsadi | Faoliyat olib borish uchun noturar bino sotib olish |
Kredit valyutasi | Milliy valyuta (so‘m) |
Kreditni ajratish shakli | Sotib olinayotgan mulk egasining hisob raqamiga pul ko‘chirib berish yo‘li bilan |
Minimal kredit foiz stavkasi | 30 foiz Kelgusida Likvidlik va resurslarni boshqarish qo‘mitasi qaroriga asosan o‘zgartirilishi mumkin. |
Foiz hisoblash | Differensial yoki annuitet usulida |
Mahsulot bo‘yicha ta’minot | Kredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorida (Aloqador shaxslar uchun - 130%) |
Qabul qilinadigan ta’minot turlari | 1.Pul mablag‘lari. 2.Ko‘chmas mulklar. 3.Ishlab chiqarilgan muddati 5 yildan oshmagan avtotransport vositalari. |
Shartlarni yaxshilash va xizmatlarimizni siz uchun yanada qulay qilish uchun qisqa so'rovnomani to'ldirishga rozi bo'lsangiz, biz minnatdor bo'lamiz. Sizning fikr-mulohazalaringiz biz uchun juda muhim.
Hurmat bilan, Garant bank.