Yangilandi: 20-02-2026

Norezident mijozlar uchun hisob ochish

Yuridik shaxslar norezidentlar:
- diplomatik vakolatxonalar;
- xalqaro tashkilotlar va ularning filiallari;
- tijorat faoliyatini amalga oshirmaydigan boshqa xorijiy tashkilotlarning vakolatxonalari va doimiy muassasalari:


Talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini ochish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etishadi:
           bank hisobvarag'ini ochish to‘g’risida ariza;
           agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
           imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha;
norezident yuridik shaxs nomidan to‘lov hujjatlarini imzolash vakolatiga ega shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (biometrik pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi yo‘xud yangi turdagi haydovchilik guvohnomasi);
           norezident yuridik shaxsning ta'sis hujjatlarining (ta'sis shartnomasi, ustav) hamda ularga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalarning konsullik yoki notarius tomonidan tasdiqlangan nusxasi.
 
beta-версия

So’rovnoma

Shartlarni yaxshilash va xizmatlarimizni siz uchun yanada qulay qilish uchun qisqa so`rovnomani to`ldirishga rozi bo`lsangiz, biz minnatdor bo`lamiz. Sizning fikr-mulohazalaringiz biz uchun juda muhim.
Hurmat bilan, Garant bank.

So`rovnomani to`ldirish