Yangilandi: 29-06-2026

Yagona QR-kod nima va u biznes uchun nimaga kerak?

2026 yildan boshlab O‘zbekistonda savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi biznes subyektlari to‘lovlarni qabul qilish uchun yagona QR-kod tizimiga o‘tadi. Bu Markaziy bank tomonidan joriy etilayotgan yagona standart hisoblanadi. Quyida yagona QR-kod nima ekani, u qanday ishlashi va uni Garant bank orqali qanday ulash mumkinligi haqida ma’lumot beramiz.

Yagona QR —
bu istalgan bank yoki to‘lov ilovasida ishlaydigan universal koddir. Biznes mijoz qaysi bank xizmatidan foydalanishini hisobga olishi shart emas, mijoz esa bank kartasini chiqarishiga hojat qolmaydi. QR-kodni telefon orqali skaner qilish va to‘lovni tasdiqlashning o‘zi kifoya.
Yagona QR to‘lov qanday ishlaydi?
Hammasi juda oddiy: mijoz o‘zining bank yoki to‘lov ilovasida, masalan, Garant bank yoki Payme orqali QR-kodni skanerlaydi, summani kiritadi va to‘lovni tasdiqlaydi. Shu bilan to‘lov yakunlanadi — mablag‘ darhol sizning hisob raqamingizga o‘tkaziladi.

Kod orqali amalga oshirilgan barcha to‘lovlarni Yagona QR ulangan bank ilovasi orqali kuzatib borishingiz va tekshirishingiz mumkin. 
 
1.    QR-kodni kassada, savdo nuqtasida joylashtirasiz yoki uni telefon orqali ko‘rsatasiz.
2.    Mijoz QR-kodni istalgan bank ilovasi yoki to‘lov xizmati orqali skanerlaydi.
3.    Mijoz to‘lovni tasdiqlaydi.
4.    Mablag‘ sizning hisob raqamingizga o‘tkaziladi.
Biznes uchun Yagona QR-kod orqali to‘lov nima uchun kerak?
Kontaktsiz onlayn to‘lov ko‘proq holatlarda to‘lovlarni qabul qilishga yordam beradi va to‘lov jarayoniga kamroq vaqt sarflash imkonini beradi.
Terminalsiz to‘lov qabul qilish mumkin.
POS-terminal sotib olish shart emas. Shtrix-kodni o‘zingizga qulay joyga: kassaga, stoykaga, eshikka yoki veb-saytga joylashtirish kifoya. Agar siz xizmatni joyiga chiqib ko‘rsatsangiz, kodni telefon orqali ham mijozga ko‘rsatishingiz mumkin. 
To‘lovlarni nazorat qilish ancha osonlashadi.
Yagona QR orqali tushgan to‘lovlar hisob raqamiga o‘tkaziladi va u ulangan bankning mobil ilovasi yoki internet-bankida aks etadi. Masalan, agar sizda Garant bank QR ulangan bo‘lsa, barcha to‘lovlar shaxsiy kabinetingizda va veb-saytda ko‘rinib turadi. 
Terminal uskunalariga kamroq xarajat ketadi.
POS-terminal orqali to‘lov qabul qilinganda odatda uni sotib olish yoki ijaraga olish xarajatlari bo‘ladi, shuningdek xizmat ko‘rsatish shartlari ham mavjud, ustidan to‘lovlar uchun komissiya ham olinadi. QR-kod orqali to‘lovda ham komissiya bo‘ladi, lekin uskuna va uning xizmat ko‘rsatilishi uchun xarajatlar talab qilinmaydi. 
Bir nechta yagona QR-kodni turli savdo nuqtalari yoki ssenariylar uchun chiqarish mumkin.
Agar sizda boshqa bankda ham yagona QR mavjud bo‘lsa, uni Garant Bank'ga ham ulab, shartlarni solishtirish va sizga eng mos variantni tanlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Garant bank da Yagona QR ni qanday ulash mumkin?
QR-kodni skanerlash orqali to‘lovni ulash oson:
Garant bank da hisob oching. Yagona QR to‘g‘ridan to‘g‘ri hisob raqamiga bog‘lanadi, shuning uchun avval Garant bank da ro‘yxatdan o‘tish va hisob ochish kerak.

«To‘lovlarni qabul qilish» bo‘limiga o‘ting. Bu yerda mijozlardan to‘lov qabul qilish uchun instrumentlar ulanadi.

“Yagona QR” xizmatini tanlang va “Yaratish” tugmasini bosing. Tizim qisqa shaklni to‘ldirishni taklif qiladi. Shundan so‘ng QR-kod yaratiladi va siz darhol to‘lov qabul qilishni boshlashingiz mumkin. Kodni mijozlarga va xodimlarga yuborish mumkin.

Bank sizga QR-kod tushirilgan fizik tablichkani bepul yetkazib beradi.
 
 
Yagona QR-kod orqali to‘lovni ulash qancha turadi?
Yagona QR bilan to‘lovni ulash, QR-kodni chiqarish va fizik tablichkani yetkazib berish — bepul.
Yagona QR orqali to‘lovlar uchun komissiyalar qanday?
Garant bank da QR orqali to‘lov uchun aksiya amal qiladi:

Komissiya — tranzaksiya summasidan 0,65%. Hisoblash QR-kod ulanilgan paytdan boshlanadi.

Aksiya mijozga tegishli, alohida QR-kodga emas. Agar siz turli nuqtalar uchun bir nechta QR-kod chiqargan bo‘lsangiz, imtiyozli shartlar barcha QR-kodlarga tatbiq etiladi. Biroq aksiya muddati birinchi QR-kod ulangan sanadan boshlab hisoblanadi.

Masalan, siz birinchi QR-kodni fevral oyida ulagan bo‘lsangiz, ikkinchisini esa mart oyida ulagan bo‘lsangiz ham, ikkinchi QR-kod uchun 0% komissiya amal qiladi, lekin aksiya muddati birinchi QR-kod ulangan muddat bilan bir vaqtda tugaydi.
 
Yagona QR-kodni ulash biznes uchun majburiy talabga aylanmoqda. 1 iyuldan boshlab yagona QR-kod mavjud bo‘lmagan holatlarda 5 million so‘mgacha jarimalar qo‘llanilishi mumkin, shuning uchun kodni oldindan rasmiylashtirib qo‘yish ancha qulay.
Virtual qabulxona

So‘rovnoma

Shartlarni yaxshilash va xizmatlarimizni siz uchun yanada qulay qilish uchun qisqa so‘rovnomani to‘ldirishga rozi bo‘lsangiz, biz minnatdor bo‘lamiz. Sizning fikr-mulohazalaringiz biz uchun juda muhim.
Hurmat bilan, Garant bank.

So‘rovnomani to‘ldirish
So‘rovnoma