Yangilandi: 14-04-2026
UZCARD MOMENT kartasi

UZCARD MOMENT kartasi

Uzcard Moment — bu zamonaviy, darhol beriladigan bank kartasi bo‘lib, uni olganingizdan so‘ng moliyaviy xizmatlardan darhol foydalanishni boshlashingiz mumkin.

Endi karta chiqarilishini kutish shart emas — kartani oling va uni bir necha daqiqa ichida faollashtiring.

  • Bepul
    Kartani chiqarish / qayta chiqarish
  • Komissiyasiz
    Yillik texnik xizmat haqi
  • 5 yil
    Amal muddati
  • savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarida tovarlar va xizmatlar uchun naqd pulsiz to‘lov
  • POS-terminalar va QR-kodlar orqali to‘lov
  • internet-do‘konlar va onlayn xizmatlarda to‘lov
  • boshqa jismoniy shaxslardan pul o‘tkazmalarini qabul qilish
  • mobil ilovalar orqali balans va operatsiyalar tarixini ko‘rish
  • kartani boshqarish (bloklash/blokdan chiqarish)
  • operatsiyalar bo‘yicha push-xabarnomalarni olish
  • kommunal va boshqa xizmatlar uchun to‘lov
  • kartani raqamli xizmatlar va mobil ilovalarga bog‘lash

PIN-kodni hech qachon oshkor qilmang. Esingizda bo‘lsin, siz hech kimga — bank xodimlariga, huquqni muhofaza qilish organlari vakillari va savdo shoxobchalari kassirlariga ham — PIN-kodingizni aytib bermasligingiz kerak. Faqat karta egasi o‘z PIN-kodini bilishi lozim.
Agar karta yo‘qolgan yoki o‘g‘irlangan holatda, PIN-kod uchinchi shaxslarga ma’lum bo‘lib qolsa, bu haqda darhol bankka xabar berish kerak. Ba’zi holatlarda kartani yo‘qolgani haqida militsiyaga ariza yoki yozma tasdiqnoma talab qilinishi mumkin.
Virtual qabulxona