Yangilandi: 25-08-2026
-
BHMning 25 000 barobarigachakredit miqdori
-
Markaziy bank stavkasi + 6%foiz stavkasi
-
84 oygachakredit muddati
| Taklif qilinayotgan “HAMROH” kredit mahsulotning asosiy xususiyatlari | |
| Ko‘rsatkich | Qiymati / Tavsifi |
| Mijoz segmenti | Ijobiy kredit tarixiga ega*, ta’sischilar tarkibida ulushi 50 foiz va undan yuqori va (yoki) ayollar rahbarligida bo‘lgan kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari. |
| Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lish talablari | muddati o‘tgan qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi; • sud jarayonidagi kredit qoldiqlari va balansdan tashqari hisobvaraqqa o‘tkazilgan kredit asosiy qarzi va foizlari mavjud bo‘lmasligi; • KATM bali 200 balldan yuqori bo‘lishi • “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi; • O‘zaro aloqador korxonalarining “Garant bank” AJ tizimida muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi. Kreditlar bo‘yicha oxirgi 12 oy ichida: • 60 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 3 tadan ko‘p bo‘lmasligi; • 90 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari 2 tadan ko‘p bo‘lmasligi ammo, oxirgi 6 oy ichida 90 kundan oshgan muddati o‘tgan qarzdorliklari umuman bo‘lmasligi. |
| Mijoz hisobvarag‘i | Asosiy yoki ikkilamchi |
| Kredit valyutasi | Milliy valyuta (so‘m) |
| Kredit qiymati | Kamida 2 ta ish o‘rni yaratish sharti bilan: BHMning 1 000 barobarigacha Kamida 5 ta ish o‘rni yaratish sharti bilan: BHMning 4 000 barobarigacha Kamida 6 oy mobaynida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga kamida 10 ta ish o‘rni yaratish sharti bilan: BHMning 25 000 barobarigacha. |
| Kredit muddati | 84 oygacha (Aylanma mablag‘larga 24 oygacha) (Ajratilgan resurs (ssuda) davriga mutanosib ravishda) |
| Kredit foizi | Tashkil etilganiga 6 oydan oshgan, yillik aylanmasiga (muntazam aylanma) teng/undan kam kredit oluvchi yoki barcha tushumlarni inobatga olgan holda yillik hisobvaraq aylanmasi (muntazam aylanma) 5 mlrd. so‘mdan kam bo‘lmagan mijozlarga: Markaziy bank stavkasi + 6 foiz Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan mijozlarga: Markaziy bank stavkasi + 9 foiz Muddati o‘tgan kredit qarzdorlik uchun kredit foizi 1,5 barobar oshirilgan miqdorda hisoblanadi. |
| Asosiy qarz to‘lovi bo‘yicha imtiyozli muddat (Loyihani qoplanish imkoniyatidan kelib chiqgan holda) | 24 oygacha, (aylanma mablag‘larga 6 oygacha) |
| Kredit maqsadi | Tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish maqsadida |
| Kredit ajratilmaydigan yo‘nalishlar | • Qimorxona va billiardxonalar, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va (yoki) ular savdosini tashkil etish; • ilgari olingan kredit (lizing)larni yoki boshqa har qanday qarzni qaytarish; • har qanday qo‘lbola ishlab chiqarilgan uskunalarni sotib olishga; • qonunchilik bilan ta’qiqlangan boshqa maqsadlar. |
| Moliyalashtirish manbai | “Hamroh” ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi” MCHJ resurslari hisobidan |
| Kreditni ajratish shakli | Ta’minotchiga pul ko‘chirish yo‘li bilan. 200 mln. so‘mgacha miqdorda naqd pulda yoki mijozning o‘z hisobvarag‘iga pul ko‘chirish yo‘li bilan ajratilishi mumkin. |
| Asosiy qarz va foiz to‘lovlari to‘lash davri | Asosiy qarzdorlik –imtiyozli davr tugagandan so‘ng har oyda/har chorakda/har yarim yillikda; Foiz to‘lovi - har oyda |
| Kredit ajratilishida mijozga qo‘yilgan asosiy talablar | 1. “Garant bank” AJ tizimida asosiy yoki ikkilamchi hisobvarag‘i mavjud bo‘lishi; 2. Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl) oxirgi hisobot davri (yillik yoki choraklik) zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi (YaTT/yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar bundan mustasno); 3. 2-sonli kartoteka hisobvarag‘ida qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi; 4. Mijozning Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha qarzdorligi bo‘lmasligi. * Yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar – moliya yili yakuni bo‘yicha moliyaviy hisobotlarni topshirish muddati kelmagan tashkilotlar. |
| Kreditning ma’qullanishi | Loyihalar quyidagi bosqichlarda ko‘rib chiqiladi: - hududiy kredit menedjeri tomonidan shakllantirilgan hujjatlar Anderrayting boshqarmasiga taqdim etiladi; - Anderrayterlar tomonidan loyihalar ko‘rib chiqiladi va xulosa taqdim etiladi; - Anderrayterlar tomonidan ijobiy xulosa berilganda hududiy BXO Kredit qo‘mitasi tomonidan loyihalar ko‘rib chiqiladi va kredit ajratish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinadi; - Buyurtmanomalar mahsulot talablariga mos kelmaganda yoki BXO Kredit qo‘mitasi uchun belgilangan limitdan yuqori bo‘lgan taqdirda ushbu buyurtmanomalar Markaziy Apparat Kredit qo‘mitasi/ Bank.boshqaruvi / Bank.kengashi / Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi vakolatidan kelib chiqib ko‘rib chiqiladi va yakuniy qaror qabul qilinadi (biroq, kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgarishlar kredit siyosati talablariga zid bo‘lmasligi lozim). *100 mln. so‘mgacha bo‘lgan kreditlar bankning skoring tizimi qarori asosida yoki onlayn shaklda ajratilishi mumkin. Bunda xulosa yoki qo‘mita qarorlari rasmiylashtirilmaydi. |
| Mahsulot bo‘yicha ta’minot | Kredit summasining 125% dan kam bo‘lmagan miqdorda (Bankka aloqador shaxslar uchun 130%) |
| Qabul qilinadigan ta’minot turlari | 1.Pul mablag‘lari; 2.Ko‘chmas mulk; 3.Ishlab chiqarilgan muddati 5 yildan oshmagan avtotransport vositalari; 4.Qonunchilik hamda bankning joriy kredit siyosati bilan ta’qiqlanmagan boshqa ta’minot turlari. *100 mln. so‘mgacha to‘liq 3-shaxs (yuridik shaxs) kafilligi asosida (onlayn ajratilganda ta’minotsiz) ajratilishi mumkin. Ajratilayotgan kreditlarning 70 foizgacha qismi uchun “Biznesni kafolatlash milliy kompaniyasi” AJ kafolati (kafilligi) qabul qilinishi mumkin. |
| Kredit ta’minotiga qo‘yilgan talablar | 1. Ko‘chmas mulklar uchun: -ko‘chmas mulk joylashgan yerga nisbatan tegishli huquqlar mavjud bo‘lishi (ko‘p qavatli uyda joylashgan binolar bundan mustasno); 2. Kafillik uchun (qo‘shimcha ta’minot sifatida olish bundan mustasno): -Davlat ro‘yxatidan o‘tgan muddati 12 oydan kam bo‘lmagan bo‘lishi: -Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl) zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi; -O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi manfiy ko‘rsatkichda bo‘lmasligi; -2-sonli kartoteka qarzdorligi bo‘lmasligi; -Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘ mavjud bo‘lmasligi; -Taqdim etilayotgan kafillik summasi kafilning jami aktivlarining 80 foizidan oshmasligi kerak; -Kafil korxonaning oxirgi 12 oylik pul aylanmasi kafillik qiymatining 50 foizidan kam bo‘lmasligi kerak. 3. Kredit hisobiga sotib olinadigan ko‘char yoki ko‘chmas mulk garovga qo‘yilguniga qadar vaqtincha taʼminotga sug‘urta polisi taqdim etilishi mumkin, bunda taʼminotga likvid mol-mulk taqdim etilgan hisoblanadi. |
Siz uchun premium karta yaratishimizga yordam bering
Qisqa so‘rovnomada ishtirok etib, Garant bank’ning limitlangan kartasida qanday shartlar, afzalliklar va imkoniyatlarni ko‘rishni istashingizni biz bilan bo‘lishing.
So‘rovnomani to‘ldirish