Avtokredit «Komfort Li Auto»
Li Auto tomonidan ishlab chiqarilgan Lixiang avtotransport vositalarini birlamchi bozordan sotib olish uchun avtokredit.
Li Auto tomonidan ishlab chiqarilgan Lixiang avtotransport vositalarini birlamchi bozordan sotib olish uchun avtokredit.
| Ko‘rsatkich | Qiymati / Tavsifi |
| Kredit maqsadi | Li Auto tomonidan ishlab chiqarilgan Lixiang avtotransport vositalarini birlamchi bozordan sotib olish uchun avtokredit. |
| Mijoz segmenti | Barcha turdagi yuridik shaxs hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar |
| Kredit tarixiga talablar | 1. Joriy muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari mavjud bo‘lmasligi; 2. Ijobiy kredit tarixi (KATM bali 200 balldan yuqori bo‘lishi); 3. So‘ngi 6 oyda 90 kundan ortiq muddatga kechiktirilgan kredit qarzdorligini yuzaga keltirmagan bo‘lishi; 3."Qoniqarsiz", "shubhali" va "umidsiz" toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi lozim. |
| Kredit miqdori | 1 000 000 000 (bir milliard) so‘mgacha |
| Kredit muddati | 60 (oltmish) oygacha |
| Imtiyozli muddati | 3 (uch) oygacha |
| Kredit valyutasi | Milliy valyuta (so‘m) |
| Kreditni ajratish shakli | Sotuvchi dillerlar yoki avtosalon hisobvarag‘iga pul mablag‘larini o‘tkazib berish orqali |

| Muddati o`tgan qarzdorlik bo`yicha foiz | yillik 35 % |
| Foiz hisoblash | Foizlar o‘zgarmas stavkada har kuni hisoblanib, belgilangan grafik bo‘yicha annuitet/differensial shaklda so‘ndiriladi |
| Asosiy qarz va foiz to‘lovlarini to‘lash davri | Asosiy qarz va foiz to‘lovlari - har oyda |
| Kredit ajratilishida mijozga qo‘yilgan asosiy talablar | - “Garant bank” AJ tizimida asosiy yoki ikkilamchi hisobvarag‘i mavjud bo‘lishi; - Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl) oxirgi hisobot davri (yillik yoki choraklik) zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi (YaTTlar va yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar (6 oy) uchun talab etilmaydi); - O‘z aylanma mablag‘lari mavjudligi manfiy ko‘rsatkichda bo‘lmasligi (YaTTlar va yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar (6 oy) uchun talab etilmaydi); - “2-sonli kartoteka” hisobvarag‘ida qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi; - Mijozning Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha qarzdorligi bo‘lmasligi. |
| Mahsulot bo‘yicha ta‘minot | 1. Depozit mablag‘lari; 2. Ko‘chmas mulk; 3. Ishlab chiqarilgan muddati 5-yildan oshmagan avtotransport vositalari; 4. Kredit mablag‘i evaziga xarid qilinayotgan avtotransport vositasi garov ta’minoti hamda ta’minotning yetmagan qismiga kredit qaytmaslik xataridan sug‘urta polisi olinadi. Bunda, avtomobil ta’minotchi tomonidan yetkazib berilib, belgilangan tartibda rasmiylashtirilganiga qadar vaqtinchalik kredit qaytmaslik xataridan sug‘urta polisi rasmiylashtiriladi. Ta’minot kredit summasining kamida 125% foizini (Bankka aloqador shaxslar uchun kredit ta’minoti 130%) tashkil qilishi lozim. |