Yangilandi: 28-10-2026
“Garant bank” AJ tomonidan yuridik shaxslarga (korporativ mijozlarga) xorijiy valyutada ko‘rsatiladigan xizmatlarning to‘liq ro‘yxati
Xorijiy valyutadagi hisobvaraqlarni ochish va yuritish
• Respublika hududida valyuta mablag‘larini o‘tkazish;
• O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga valyuta mablag‘larini o‘tkazish;
• Naqd xorijiy valyuta bilan operatsiyalar;
• Konversiya operatsiyalari.
Tashqi savdo faoliyati bilan bog‘liq operatsiyalar
• Eksport va import shartnomalarini yuritish hamda hisobdan chiqarish;
• Xorijiy valyutani konvertatsiya qilish (sotib olish/sotish);
• SWAP operatsiyalari;
• SPOT operatsiyalari;
• E-Contract bo‘yicha maslahat xizmatlari.
Hujjatli operatsiyalar
• Xorijiy valyutadagi hujjatli akkreditivlar bo‘yicha operatsiyalar;
• Bank kafolatlari va kafilliklarini taqdim etish.
• Respublika hududida valyuta mablag‘larini o‘tkazish;
• O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga valyuta mablag‘larini o‘tkazish;
• Naqd xorijiy valyuta bilan operatsiyalar;
• Konversiya operatsiyalari.
Tashqi savdo faoliyati bilan bog‘liq operatsiyalar
• Eksport va import shartnomalarini yuritish hamda hisobdan chiqarish;
• Xorijiy valyutani konvertatsiya qilish (sotib olish/sotish);
• SWAP operatsiyalari;
• SPOT operatsiyalari;
• E-Contract bo‘yicha maslahat xizmatlari.
Hujjatli operatsiyalar
• Xorijiy valyutadagi hujjatli akkreditivlar bo‘yicha operatsiyalar;
• Bank kafolatlari va kafilliklarini taqdim etish.
1. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-573-son “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuni
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2020-yil 29-avgustdagi 18/5-son qaroriga 1-ilova — “O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari”. Adliya vazirligida 2020-yil 31-avgustda 3281-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-son qaroriga 1-ilova — “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-oktabrdagi PF-6091-son “Eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
6. “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom. Adliya vazirligida 2013-yil 12-iyunda 2467-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
7. “Kapital harakati bilan bog‘liq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom. Adliya vazirligida 2013-yil 17-dekabrda 2536-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 20-apreldagi PF-837-son “Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha valyuta nazoratini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3351-son “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2020-yil 29-avgustdagi 18/5-son qaroriga 1-ilova — “O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari”. Adliya vazirligida 2020-yil 31-avgustda 3281-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283-son qaroriga 1-ilova — “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-oktabrdagi PF-6091-son “Eksport faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
6. “Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan valyuta operatsiyalari amalga oshirilishining asoslanganligi yuzasidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom. Adliya vazirligida 2013-yil 12-iyunda 2467-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
7. “Kapital harakati bilan bog‘liq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom. Adliya vazirligida 2013-yil 17-dekabrda 2536-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 20-apreldagi PF-837-son “Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha valyuta nazoratini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3351-son “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.
GARANT BANK MIJOZLARI UCHUN QO‘LLANMA
Valyuta operatsiyalari, import, eksport va valyuta nazorati O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi asosida
1. Valyuta nazorati haqida nimalarni bilish kerak?
Valyuta nazorati — O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish tizimidir. Xorijiy hamkorlar bilan ishlaydigan korxonalar uchun bu tizim tashqi savdo shartnomalarini va invoyslarni rasmiylashtirish, to‘lovlarni amalga oshirish, shartnoma majburiyatlarining bajarilishini hisobga olish hamda pul mablag‘larining o‘z vaqtida kelib tushishini nazorat qilishni qamrab oladi.
Asosiy talablar quyidagi hujjatlar bilan tartibga solinadi:
• O‘zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonuni;
• 2020-yil 31-avgustda 3281-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari;
• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283- son qarori bilan tasdiqlangan tashqi savdo operatsiyalari monitoringi va nazorati to‘g‘risidagi nizom.
Valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda bank taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarni o‘z vakolatlari hamda qonunchilikda belgilangan talablar doirasida tekshiradi. Mijoz esa taqdim etilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi, shartnoma majburiyatlarining bajarilishi va qonunchilik talablariga rioya etilishi uchun javobgar hisoblanadi.
2. Tashqi iqtisodiy faoliyatni nimadan boshlash kerak?
Xalqaro to‘lovni amalga oshirishdan oldin quyidagi bosqichlardan o‘tish tavsiya etiladi:
1. Bankda milliy va/yoki xorijiy valyutadagi zarur hisobvaraqlarni ochish.
2. Tashqi savdo shartnomasini yoki qonunchilikda tegishli operatsiya uchun ruxsat etilgan hollarda invoysni tayyorlash.
3. Shartnomada bitimning barcha zarur shartlari va bank rekvizitlari to‘g‘ri ko‘rsatilganligini tekshirish.
4. Qonunchilikda belgilangan hollarda elektron raqamli imzodan foydalangan holda E-kontrakt tashqi savdo operatsiyalari axborot tizimiga shartnoma, invoys va tegishli hujjatlar haqidagi ma’lumotlarni kiritish.
5. Operatsiyani amalga oshirish uchun Garant bankka tegishli ariza va zarur hujjatlarni taqdim etish.
6. To‘lovdan keyin shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish: tovar yetkazib berilishi, xizmatlar ko‘rsatilishi, eksport tushumi kelib tushishi
yoki avans qaytarilishi. E-kontrakt tizimida ishlash va tashqi savdo operatsiyalarini monitoring qilish tartibi Vazirlar Mahkamasining 283-son qarori bilan tasdiqlangan nizom va uning amaldagi tahriri asosida belgilanadi.
3. Tashqi savdo shartnomasiga qo‘yiladigan minimal talablar
283-son qaror bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, tashqi savdo shartnomasida qonunchilikda belgilangan ma’lumotlar aks ettirilishi kerak. Shartnomani imzolashdan oldin quyidagilarni tekshiring.
Valyuta operatsiyalari, import, eksport va valyuta nazorati O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi asosida
1. Valyuta nazorati haqida nimalarni bilish kerak?
Valyuta nazorati — O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qilish tizimidir. Xorijiy hamkorlar bilan ishlaydigan korxonalar uchun bu tizim tashqi savdo shartnomalarini va invoyslarni rasmiylashtirish, to‘lovlarni amalga oshirish, shartnoma majburiyatlarining bajarilishini hisobga olish hamda pul mablag‘larining o‘z vaqtida kelib tushishini nazorat qilishni qamrab oladi.
Asosiy talablar quyidagi hujjatlar bilan tartibga solinadi:
• O‘zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonuni;
• 2020-yil 31-avgustda 3281-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari;
• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283- son qarori bilan tasdiqlangan tashqi savdo operatsiyalari monitoringi va nazorati to‘g‘risidagi nizom.
Valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda bank taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarni o‘z vakolatlari hamda qonunchilikda belgilangan talablar doirasida tekshiradi. Mijoz esa taqdim etilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi, shartnoma majburiyatlarining bajarilishi va qonunchilik talablariga rioya etilishi uchun javobgar hisoblanadi.
2. Tashqi iqtisodiy faoliyatni nimadan boshlash kerak?
Xalqaro to‘lovni amalga oshirishdan oldin quyidagi bosqichlardan o‘tish tavsiya etiladi:
1. Bankda milliy va/yoki xorijiy valyutadagi zarur hisobvaraqlarni ochish.
2. Tashqi savdo shartnomasini yoki qonunchilikda tegishli operatsiya uchun ruxsat etilgan hollarda invoysni tayyorlash.
3. Shartnomada bitimning barcha zarur shartlari va bank rekvizitlari to‘g‘ri ko‘rsatilganligini tekshirish.
4. Qonunchilikda belgilangan hollarda elektron raqamli imzodan foydalangan holda E-kontrakt tashqi savdo operatsiyalari axborot tizimiga shartnoma, invoys va tegishli hujjatlar haqidagi ma’lumotlarni kiritish.
5. Operatsiyani amalga oshirish uchun Garant bankka tegishli ariza va zarur hujjatlarni taqdim etish.
6. To‘lovdan keyin shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish: tovar yetkazib berilishi, xizmatlar ko‘rsatilishi, eksport tushumi kelib tushishi
yoki avans qaytarilishi. E-kontrakt tizimida ishlash va tashqi savdo operatsiyalarini monitoring qilish tartibi Vazirlar Mahkamasining 283-son qarori bilan tasdiqlangan nizom va uning amaldagi tahriri asosida belgilanadi.
3. Tashqi savdo shartnomasiga qo‘yiladigan minimal talablar
283-son qaror bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, tashqi savdo shartnomasida qonunchilikda belgilangan ma’lumotlar aks ettirilishi kerak. Shartnomani imzolashdan oldin quyidagilarni tekshiring.
| Shartnoma bo‘limi | Ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar |
| Kirish qismi | Shartnoma raqami, tuzilgan joyi va sanasi, tomonlarning to‘liq nomlari, imzolovchilar va ularning vakolatlari |
| Shartnoma predmeti | Tovar, ish yoki xizmat nomi, tavsifi, assortimenti, miqdori va sifati |
| Tovar tavsifi | Turi, modeli, markasi, navi, tegishli standartlar, zarur hollarda TIF TN kodi va ro‘yxatdan o‘tkazish hujjatlari |
| Yetkazib berish shartlari | Qo‘llaniladigan Incoterms sharti va aniq yetkazib berish joyi |
| Bajarish muddatlari | Tovar yetkazib berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlarni ko‘rsatish muddatlari |
| Narx va shartnoma summasi | Birlik narxi va shartnomaning umumiy qiymati, agar uni shartnoma tuzish vaqtida aniqlash mumkin bo‘lsa |
| To‘lov shartlari | To‘lov valyutasi, shakli, tartibi va muddati; to‘lov valyutasi shartnoma valyutasidan farq qilsa, qayta hisoblash kursi va uni belgilash manbasi |
| Tovar kelib chiqishi | Tovarning kelib chiqqan mamlakati, ishlab chiqaruvchi, ishlar bajariladigan yoki xizmatlar ko‘rsatiladigan joy |
| Tomonlarning javobgarligi | Majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik uchun javobgarlik shartlari |
| Rekvizitlar | Tomonlarning manzillari, pochta, bank va yuk jo‘natish rekvizitlari |
| Alohida shartlar | Bitim turiga tegishli qo‘shimcha talablar, jumladan barter bitimlari uchun maxsus shartlar |
Montaj, ishga tushirish, xodimlarni o'qitish, royalti yoki boshqa xizmatlarni o‘z ichiga olgan uskunalar yetkazib berish shartnomalarida tegishli summalar
qonunchilik talab qilgan hollarda shartnoma yoki spetsifikatsiyada alohida ko‘rsatilishi kerak.
Shartnoma xorijiy tilda tuzilgan bo‘lsa, nizomda nazarda tutilgan davlat tiliga tarjima qilish va tarjimani belgilangan tartibda tasdiqlash talablariga rioya etish zarur.
Amaliy tavsiya: shartnomani imzolashdan oldin tovarni kim yetkazib berishi, invoysni kim rasmiylashtirishi, mablag‘ kimga o‘tkazilishi va tushum qaysi hisobvaraqqa kelib tushishini xorijiy hamkor bilan aniqlashtiring. Agar shartnoma taraflari, to‘lovchi, tovar oluvchi va yetkazib beruvchi turli shaxslar bo‘lsa, bu holat tegishli hujjatlarda to‘g‘ri aks ettirilishi kerak.
4. Faqat invoys asosida operatsiya o‘tkazish mumkinmi?
283-son qaror bilan tasdiqlangan nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hollarda import va eksport operatsiyalarini alohida tashqi savdo shartnomasi
tuzmasdan, invoys asosida amalga oshirishga ruxsat etiladi. Bunda qonunchilikda belgilangan istisnolarni hamda ma’lumotlarni E-kontrakt tizimiga kiritish talablarini hisobga olish lozim. Ayrim operatsiyalar uchun maxsus qoidalar amal qiladi. Shu sababli to‘lovni faqat invoys asosida amalga oshirish mumkinligini oldindan bank bilan aniqlashtirish tavsiya etiladi.
Invoysda bitim taraflarini, tovar yoki xizmat predmetini, miqdori va qiymatini, yetkazib berish shartlarini hamda operatsiya uchun zarur boshqa rekvizitlarni aniqlash imkonini beradigan ma’lumotlar bo‘lishi kerak.
5. Garant bankka valyuta operatsiyasi uchun ariza qanday topshiriladi?
Ariza operatsiyaning xususiyati va amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq rasmiylashtirilishi kerak. 3281-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan qoidalar valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibini, 283-son qaror esa tashqi savdo shartnomalari va invoyslar monitoringi tartibini belgilaydi.
Mijoz uchun tavsiya etiladigan harakatlar ketma-ketligi:
• to‘lov topshiriqnomasi yoki tegishli arizani tayyorlash;
• oluvchining nomi, bank rekvizitlari, valyuta va summani ko‘rsatish;
• to‘lov maqsadi va operatsiya asosini belgilash;
• shartnoma yoki invoysni hamda operatsiya uchun zarur qo‘shimcha hujjatlarni taqdim etish;
• to‘lov summasining shartnoma shartlari va E-kontraktdagi amaldagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirish;
• import uchun to‘lovni amalga oshirish maqsadida xorijiy valyuta sotib olinayotgan bo‘lsa, konvertatsiya arizasi va talab etiladigan hujjatlarni taqdim etish;
• bank qo‘shimcha hujjatlar yoki tushuntirishlar so‘raganida ularni taqdim etish.
Bank operatsiyani amalga oshirishdan oldin E-kontraktda aks ettirilgan ma’lumotlarning hujjatlar va mijoz taqdim etgan ma’lumotlarga muvofiqligini tekshiradi. Belgilangan hollarda aniqlangan tafovutlar bartaraf etilmaguncha to‘lovni amalga oshirish imkoni bo‘lmasligi mumkin.
Eslatma: hujjatlar tarkibi, ariza berish usuli, qo‘shimcha kelishuvlar zarurati va operatsiyani bajarish imkoniyati operatsiya turi, amaldagi qoidalar hamda bankning ichki tartiblariga bog‘liq. Barcha valyuta operatsiyalari uchun yagona hujjatlar ro‘yxati mavjud deb hisoblamaslik kerak.
6. Shartnoma shartlari o‘zgarganda nima qilish kerak?
Agar shartnoma imzolangandan keyin tomonlar narx, to‘lov valyutasi, muddatlar, bitim predmeti, yetkazib berish shartlari yoki boshqa muhim shartlarni
o‘zgartirsa:
1. Belgilangan tartibda qo‘shimcha kelishuv rasmiylashtiring.
2. E-kontrakt tizimiga tegishli o‘zgartirishlarni kiriting.
3. O‘zgarishlarning avvalgi to‘lovlar, qolgan majburiyatlar summasi va bojxona hujjatlariga ta’sirini tekshiring.
4. Keyingi operatsiyani amalga oshirishdan oldin bankka yangilangan hujjatlarni taqdim eting, agar bu talab etilsa.
283-son qaror bilan tasdiqlangan nizomning 5-bandida shartnomaga kiritilgan o‘zgartirishlarni qo‘shimcha kelishuv bilan rasmiylashtirish va axborot tizimiga tegishli ma’lumotlarni kiritish tartibi nazarda tutilgan. Ayrim o‘zgartirishlar uchun qo‘shimcha talablar va muddatlar qo‘llanilishi mumkin.
Agar shartnoma shartlarini o‘zgartirish qo‘shimcha kelishuvni rasmiylashtirish va tizimdagi ma’lumotlarni yangilashni talab qilsa, faqat xorijiy hamkor bilan elektron yozishmalarga tayanish yetarli bo‘lmasligi mumkin.
7. Import shartnomasi bajarilishini qanday nazorat qilish kerak?
Import qiluvchi korxona har bir shartnoma bo‘yicha quyidagilarni nazorat qilishi lozim:
• to‘langan avans sanasi va summasi;
• tovar yetkazib berish yoki xizmat ko‘rsatish muddati;
• haqiqatda yetkazib berilgan tovarlarning miqdori va qiymati;
• zarur hollarda bojxona hujjatlarining mavjudligi;
• bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar dalolatnomalarining rasmiylashtirilishi;
• yetkazib berish amalga oshmagan va mablag‘ni qaytarish majburiyati yuzaga kelgan hollarda foydalanilmagan avansning qaytarilishi;
• shartnoma bo‘yicha qolgan majburiyatlar va muddati o‘tgan debitorlik qarzdorligi mavjudligi.
Agar yetkazib beruvchi majburiyatlarini belgilangan muddatda bajarmasa, mijoz bank bilan o‘z vaqtida bog‘lanishi, tasdiqlovchi hujjatlarni olishi va vaziyatni hal qilish choralarini ko‘rishi lozim.
8. Eksport tushumini qanday nazorat qilish kerak?
Eksport qiluvchi korxona har bir shartnoma bo‘yicha alohida nazorat yuritishi tavsiya etiladi:
• eksport sanasi va to‘lov muddatini qayd etish;
• amalda kelib tushgan valyuta tushumini nazorat qilish;
• tushumlarni shartnoma, invoys va jo‘natish hujjatlari bilan solishtirish;
• bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha dalolatnomalarni
rasmiylashtirish va E-kontraktga belgilangan muddatlarda kiritish;
• to‘lanmagan summa qoldig‘ini nazorat qilish;
• to‘lov kechikkanida xaridordan kechikish sabablari to‘g‘risida hujjatli tasdiq olish va qarzdorlikni tartibga solish choralarini ko‘rish.
Bajarilgan ishlar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar haqidagi ma’lumotlar 283-son qaror bilan tasdiqlangan nizomning amaldagi tahririda belgilangan muddatlarda E- kontrakt tizimiga kiritilishi kerak. Tegishli dalolatnomalar bo‘yicha ularni tuzilgan oydan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay kiritish talabi nazarda tutilgan.
9. Muddati o‘tgan debitorlik qarzdorligi va javobgarlik
Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitorlik qarzdorligi xorijiy hamkorning tovar yetkazib berish, xizmat ko‘rsatish, to‘lovni amalga oshirish yoki pul mablag‘larini qaytarish majburiyatlari belgilangan muddatda bajarilmaganida yuzaga keladi.
Bunday qarzdorlik paydo bo‘lganda:
1. Kechikish sababi va qarzdorlik yuzaga kelgan sanani aniqlang.
2. Hamkordan majburiyatlarning bajarilish holatini tasdiqlovchi hujjatlarni so‘rang.
3. Mablag‘larni qaytarish, yetkazib berishni yakunlash, nizoni hal qilish yoki shartnomada belgilangan choralarni qo‘llash imkoniyatlarini ko‘rib chiqing.
4. Xizmat ko‘rsatuvchi bankka vaziyat haqida xabar bering va zarur hujjatlarni taqdim eting.
5. Majburiyatlarning keyingi bajarilishini va qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qiling.
Tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha belgilangan talablarning buzilishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin. Jumladan, 283-son qaror bilan tasdiqlangan nizomning 6-bandida ayrim operatsiyalarni rasmiylashtirish va axborot tizimida aks ettirish talablariga rioya qilmaslik uchun javobgarlik nazarda tutilgan.
Moliyaviy sanksiyaning miqdori va qo‘llash asosini faqat qarzdorlik mavjudligidan kelib chiqib belgilash mumkin emas. Huquqbuzarlik turi, tegishli norma, operatsiya holatlari va qonunchilikda nazarda tutilgan istisnolar hisobga olinishi lozim.
10. To‘lovlar kechikishining oldini olish
Ariza topshirishdan oldin quyidagilarni tekshiring:
• tomonlarning nomlari va rekvizitlari shartnoma hamda to‘lov hujjatlariga mos keladimi;
• to‘lov summasi va valyutasi bitim shartlariga mosmi;
• E-kontraktdagi ma’lumotlar dolzarbmi;
• zarur invoyslar, spetsifikatsiyalar, dalolatnomalar, bojxona va boshqa tasdiqlovchi hujjatlar mavjudmi;
• operatsiyaning iqtisodiy mazmuni va to‘lov maqsadi aniqmi;
• xorijiy kontragent, oluvchi bank yoki to‘lov yo‘nalishi o‘zgarmaganmi;
• operatsiyaga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan tartibga solinmagan qarzdorlik mavjudmi.
Bank qo‘shimcha tushuntirish yoki hujjatlarni so‘rashi mumkin. Bu holat o‘z- o‘zidan mijoz qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yganini anglatmaydi, biroq zarur tekshiruvlar yakunlanmaguncha operatsiya kechiktirilishi mumkin.
11. Normativ-huquqiy baza
Valyuta va tashqi savdo operatsiyalarida quyidagi hujjatlarni hisobga olish lozim:
1. O‘zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonuni — LexUZ rasmiy matni.
2. 2020-yil 31-avgustda 3281-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari — LexUZ rasmiy matni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-maydagi 283- son qarori — LexUZ rasmiy matni.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177-son «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-
tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni — amaldagi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda.
5. Muayyan tashqi savdo operatsiyasiga tegishli bojxona, soliq va javobgarlik masalalarini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar. Rasmiy huquqiy baza: LexUZ — O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi.
Garant bank tavsiya qiladi: valyuta operatsiyalarini oldindan rejalashtiring, to‘lovni yuborishdan oldin hujjatlarni tekshiring va qarzdorlikni tartibga solishni shartnoma muddatlari tugaguniga qadar kechiktirmang.
Valyuta operatsiyalari, import, eksport va valyuta nazorati O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi asosida
-
Bankda qaysi valyutalarda valyuta hisobvaraqlarini ochish mumkin?
• AQSH dollari;
• Yevro;
• Xitoy yuani;
• Rossiya rubli;
• Qozog‘iston tengesi;
• Turk lirasi; -
Bankda valyuta hisobvarag‘ini qanday ochish mumkin?
Bankda valyuta hisobvarag‘ini ochish uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ektning vakolatli shaxslari identifikatsiya qilish tartib-taomilidan o‘tish uchun Bankka murojaat qilishlari kerak (o‘zi bilan pasportning asl nusxasi, yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazganligi to‘g‘risidagi guvohnoma bo‘lishi kerak). Shuningdek, Bank qo‘shimcha ma’lumot talab qilish huquqiga ega. Identifikatsiya qilish tartib-taomilidan o‘tib, tegishli hujjatlar (bank hisobvarag‘ini ochish uchun ariza, imzolar namunalari qo‘yilgan varaqcha) rasmiylashtirilganidan so‘ng mijozga hisobvaraq ochiladi. -
TSOYaEATda kontraktni qanday va kim ro‘yxatdan o‘tkazadi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №283-sonli Qaroriga binoan Tuzilgan tashqi savdo kontraktlari va invoyslar ma’lumotlarini Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (TSOYaEAT) kiritish xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan amalga oshiriladi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, tashqi savdo kontraktlari, dalolatnomalar va invoyslar bo‘yicha ma’lumotlar xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan elektron raqamli imzo orqali Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining “E-kontrakt” tashqi savdo axborot tizimiga kiritiladi. Kontrakt va invoyslarga identifikatsiya raqami ham mazkur tizim orqali shakllantiriladi. Kontraktga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqidagi ma’lumotlar ham tizimda aks ettiriladi.
Tashqi savdo shartnomalarini https://contract.customs.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin.
Tashqi savdo shartnomalarini ro’yxatdan o’tkazish uchun texnik qo’llanmani mazkur video havola hamda QR kod orqali o’rganish mumkin https://contract.customs.uz/assets/videos/ru/instruction.mp4
Kontrakt shartlariga kiritiladigan o’zgartirish va qo’shimchalar to’g’risidagi ma`lumotlar q’o’shimcha bitim bilan qayd etilishi kerak hamda kontraktlar bilan bo’lgani singari tartibda TSOYEAT tizimiga kiritiladi. -
Chet el valyutasini sotib olish uchun ariza qanday berilishi kerak?
Internet-banking orqali chet el valyutasini sotib olish uchun ariza berishda “Valyuta” - “Chet el valyutasini sotib olish uchun ariza” quyi tizimidan foydalanish kerak.
Chet el valyutasini sotib olish uchun arizalar 9.00 dan 17.00 gacha taqdim etiladi.
Chet el valyutasini sotib olish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun komissiya QQSsiz 25 000 so‘mni tashkil etadi. -
Valyuta sotib olish uchun ariza ko’rib chiqilganligini qanday bilish mumkin?
Ariza ijobiy yakunlanganligi tasdig‘i bo‘lib, arizaning “Yakuniy o‘tkazmalar yaratildi” yoki “Yakunlandi” maqomi xizmat qiladi. -
Chet el valyutasini sotish uchun ariza qanday yuboriladi?
Internet-banking orqali “Valyuta” –› “Chet el valyutasini sotib olish va sotish uchun ariza” quyi tizimidan foydalangan holda yuboriladi.
Chet el valyutasini sotish uchun arizalar 9.00 dan 18.00 gacha taqdim etiladi.
Chet el valyutasini sotish arizasini ko‘rib chiqish uchun komissiya undirilmaydi. -
Yuridik shaxslar chet el valyutasida mablag‘larni o‘tkazish bo‘yicha to‘lov topshiriqnomasini qanday taqdim etishlari kerak?
Yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasida mablag‘larni o‘tkazish bo‘yicha to‘lov topshiriqnomasini taqdim etish uchun “Valyuta” – “Pul ko’chirish uchun ariza” quyi tizimidan foydalanish kerak. -
Chet el valyutasida pul o‘tkazish bo‘yicha to‘lov topshiriqnomasi ijobiy yakunlanganligini qanday bilish mumkin?
Buning tasdig‘i bo‘lib, topshiriqnomaning “Yuborilgan” maqomida bo’lishidir. -
Ariza/to‘lov topshiriqnomasining “Rad etilgan” holatining maqomi nimani bildiradi?
Bu maqom ariza/to‘lov topshiriqnomasi Bankning mas’ul ijrochisi tomonidan qayta ko‘rib chiqish uchun mijozga qaytarilganligini bildiradi. -
Rossiya rublidagi to‘lov topshiriqnomasi qanday tuziladi?
Chet el valyutasida o‘tkazish bo‘yicha to‘lov topshirig‘ini yaratish uchun SWIFT-RUR 6 yo‘riqnomasidan foydalanishi mumkin. -
SWIFTdan ko’chirmani qanday olish mumkin?
SWIFT-ko’chirma “Valyuta” – “Bank o‘tkazmasi uchun ariza” moduli yordamida chop etilishi mumkin.
Buning uchun kerakli to‘lovni tanlash va “Chop etish” tugmasini bosish lozim.
Shuningdek, SWIFT ko’chirmaning tasdiqlangan variantini olish uchun korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga ham murojaat qilish mumkin. -
Vakil-banklar ro‘yxatini qanday olish mumkin?
Ro‘yxatni olish uchun havolani bosish yoki Bankning valyuta operatsiyalari bo‘limiga murojaat qilish lozim. -
Transliteratsiya nima va u qanday hollarda qo‘llaniladi?
Rossiya rublida moliyaviy xabarlar almashinuvi kirilldan lotin tiliga qayta kodlashdan foydalangan holda amalga oshiriladi, ya’ni, transliteratsiyadan foydalangan holda. Qayta kodlash yagona transliteratsiya jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi. -
Tashqi savdo kontraktlari uchun minimal talablar nima degani?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №283-sonli qaroriga muvofiq tashqi savdo kontraktlarida quyidagi asosiy bo‘limlar va ma’lumotlar bo‘lishi kerak:
▪️Preambula.
▪️Kontraktning mavzusi, shuningdek, TIF TN bo‘yicha tovarning kodiga havola ham zarur. Mashinalar, asbob-uskunalar va texnologik liniyalarni etkazib berish uchun kontraktda ularning yangiligi yoki ulardan foydalanganligi holati ko‘rsatiladi (foydalanilganlari uchun — eskirish foizi yoki foydalanish muddati);
▪️Etkazib berishning bazis shartlari («Inkoterms» xalqaro qoidalari bo‘yicha).
▪️Tovarni etkazib berish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish muddati va sanasi ko‘rsatiladi.
▪️Kontraktning umumiy summasi, tovarning o‘lchov birligidagi narxi ko‘rsatiladi.
▪️To‘lov shartlari.
▪️Tovarning kelib chiqishi, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish joyi.
▪️Tomonlarning javobgarligi.
▪️Tomonlarning rekvizitlari.
Barter kontraktlarida import tovarlarni jadal etkazib berishni yoki muqobil bank kafolatlari taqdim etishni nazarda tutuvchi shartlar majburiy tartibda hisobga olinadi;
Tashqi savdo kontraktining matni davlat tilida yoki xorijiy sherik tanlagan tilda bayon qilinishi kerak. Agar kontrakt matni boshqa tilda tuzilgan bo‘lsa, kontrakt davlat tiliga yoki xorijiy sherik tanlagan tilga tarjima qilinishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishi kerak. -
Import kontrakti bo‘yicha to‘lov uchun ITRS-kodini qanday bilish mumkin?
ITRS-kodlari bo‘yicha ma’lumot olish uchun ma‘lumotnomadan foydalanish lozim. -
Yuridik shaxsning to‘lov topshiriqnomasi (bank o‘tkazmasi) uchun vositachilik haqi miqdori qancha?
Bank tariflariga ko‘ra, chet el valyutasida mablag‘larni o‘tkazish uchun quyidagi vositachilik haqi turlari olinadi. -
Yuridik shaxsning bankda hisobvaraqlarini ochish uchun qanday hujjatlar kerak?
Tashkilotlar (O'zR rezidentlari ham, norezidentlari ham) Bankda birinchi marta hisobvaraqlarini ochishda, yuridik shaxs nomidan hujjatlarni imzolashga vakolatli shaxslarning shaxsiy ishtirok etishi kerak.
Tadbirkorlik faoliyati sub`yektlari (MCHJ, QK, YaTT, AJ va boshqalar) hisoblangan rezident yuridik shaxslarning milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini ochish uchun o`zlari bilan quyidagi hujjatlarga ega bo'lishlari shart:
▪️mijoz nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo'lgan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning o'rnini bosuvchi hujjat). Shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi olinadi, asl nusxasi qaytariladi.
▪️O'zR vakolatli organlarida (Davlat xizmatlari markazida) korxonani ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi.
▪️ agar muassislar jismoniy shaxslar bo'lsa, muassislarning pasportlari nusxalari.
▪️agar muassislar yuridik shaxs (tashkilot) bo'lsa, ushbu kompaniyaning muassislari to'g'risidagi ma'lumotlar va mijozning oxirgi benefitsiariga qadar (jismoniy shaxsning pasportining nusxasi – oxirgi egasining)
▪️muassislarning birinchi imzolash huquqiga ega bo'lgan tashkilot rahbarini lavozimga tayinlash to'g'risidagi qarorining nusxasi - agar stat.uz, ihamkor.uz saytlarida boshqa direktor ko'rsatilgan bo'lsa.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarning (YaTT) milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini ochish uchun o`zlari bilan quyidagi hujjatlarga ega bo'lishlari shart:
▪️mijoz nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo'lgan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning o'rnini bosuvchi hujjat). Shaxsni tasdiqlovchi hujjatdan nusxa olinadi, asl nusxasi qaytariladi.
▪️O'zR vakolatli organlarida (Davlat xizmatlari markazida) korxonani ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi.
Tadbirkorlik faoliyati sub`yektlari bo'lmagan (uyushmalar, fondlar, xayriya tashkilotlari va boshqalar) rezident-yuridik shaxslar, shuningdek budjetdan mablag' oluvchilar milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini ochish uchun o`zlari bilan quyidagi hujjatlarga ega bo'lishlari shart:
▪️mijoz nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo'lgan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning o'rnini bosuvchi hujjat). Shaxsni tasdiqlovchi hujjatdan nusxa olinadi, asl nusxasi qaytariladi.
▪️O'zR vakolatli organlarida (davlat xizmatlari markazida) korxonani ro'yxatdan o' tkazilganligi to'g'risidagi guvohnomaning nusxasi.
▪️ ta'sis hujjatlarining nusxalari:
- ustav
- ta'sis shartnomasi (agar ikki yoki undan ortiq muassis bo'lsa)
- ularga kiritilgan barcha o'zgartirishlar (agar mavjud bo'lsa).
▪️davlat soliq xizmati organlarida hisobga olinganligini tasdiqlovchi hujjat (ma'lumotnoma)
▪️agar muassislar jismoniy shaxslar bo'lsa, muassislarning pasportlari nusxalari.
▪️agar muassislar yuridik shaxs (tashkilot) bo'lsa, ushbu kompaniyaning muassislari to'g'risidagi ma'lumotlar va mijozning oxirgi benefitsiariga qadar (jismoniy shaxsning pasportining nusxasi – oxirgi egasining)
▪️vakolatli organ/muassislarning birinchi imzolash huquqiga ega bo'lgan tashkilot rahbarini lavozimga tayinlash to'g'risidagi qarorining nusxasi*.*
O'zbekiston Respublikasida xo'jalik yoki boshqa tijorat faoliyatini amalga oshirmaydigan xorijiy tashkilotlarning vakolatxonalari milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini ochish uchun o'zlari bilan quyidagi hujjatlarga ega bo'lishlari shart.
Kerakli hujjatlar:
▪️agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
▪️norezident yuridik shaxs nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo'lgan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning o'rnini bosuvchi hujjat).
Qo'shimcha hujjatlar:
▪️vakillik to'g'risidagi nizomning nusxasi;
▪️O'zR vakolatli organi tomonidan berilgan vakolatxonani akkreditatsiya qilish to'g'risidagi hujjatning nusxasi;
▪️vakolatxona rahbariga berilgan ishonchnoma nusxasi.
Tovar-xom ashyo birjalarining ochiq elektron savdolari qatnashuvchilari bo`lgan norezidentlar, uyushgan savdolarda aksiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini ochish uchun o`zlari bilan quyidagi hujjatlarga ega bo'lishlari shart.
Kerakli hujjatlar:
▪️agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lmasa, soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
▪️norezident yuridik shaxs nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo'lgan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning o'rnini bosuvchi hujjat).
▪️Tovar-xom ashyo birjalarining ochiq elektron savdolari qatnashuvchilari bo`lgan norezidentlar, uyushgan savdolarda aksiyalarni sotuvchi (sotib oluvci) chet ellik investorlarning ta'sis hujjatlari (ta'sis shartnomasi, ustav) va ularga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalarning konsullik yoki notarius tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
▪️tovar-xomashyo birjasining ochiq elektron savdolarida qatnashuvchi norezident- yuridik shaxs va birja brokeri o‘rtasida brokerlik xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma nusxasi;
▪️uyushgan savdolarda aksiyalarni sotuvchi (sotib oluvchi) chet ellik investorlar — norezident yuridik shaxslar va investitsiya vositachisi o‘rtasida brokerlik xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma nusxasi;
▪️birinchi imzo huquqiga ega bo'lgan shaxsning vakolatlarini belgilaydigan hujjatning nusxasi (muassislarning qarori yoki uning o'rnini bosadigan boshqa hujjat).
O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda faoliyat yurituvchi norezidentlarning doimiy muassasalari milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini ochish uchun o`zlari bilan quyidagi hujjatlarga ega bo'lishlari shart:
Kerakli hujjatlar:
▪️agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lmasa, soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
▪️norezident yuridik shaxs nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo'lgan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning o'rnini bosuvchi hujjat).
▪️yuridik shaxs - O'zbekiston Respublikasi norezidenti nomidan O'zbekiston Respublikasida harakatlar amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi ishonchnoma yoki boshqa hujjat (agar mavjud bo'lsa);
▪️O'zbekiston Respublikasida faoliyatni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiruvchi norezidentlarning doimiy muassasalarining ta'sis hujjatlari (ta'sis shartnomasi, ustavi)ning konsullik yoki notarius tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
▪️O'zbekiston Respublikasida norezidentning doimiy muassasasi ishini belgilaydigan hujjat nusxasi (agar mavjud bo'lsa);
▪️birinchi imzo huquqiga ega bo'lgan shaxsning vakolatlarini belgilaydigan hujjatning nusxasi (muassislarning qarori yoki uning o'rnini bosadigan boshqa hujjat).
Kripto-birjada kripto-aktivlar savdolari ishtirokchilari bo‘lgan norezident yuridik shaxslar milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlarini ochish uchun o`zlari bilan quyidagi hujjatlarga ega bo'lishlari shart:
Kerakli hujjatlar:
▪️agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lmasa, soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR) berilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
▪️norezident yuridik shaxs nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega bo'lgan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning o'rnini bosuvchi hujjat).
▪️norezident yuridik shaxsning ta'sis hujjatlari (ta'sis shartnomasi, ustav) va ularga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalarning konsullik yoki notarius tomonidan tasdiqlangan nusxalari;
▪️ kripto-birjada kripto-aktivlar savdolari ishtirokchilari bo‘lgan norezident yuridik shaxs va kripto-birja o‘rtasida munosabatlarni o‘rnatish to‘g‘risidagi shartnoma nusxasi.
▪️birinchi imzo huquqiga ega bo'lgan shaxsning vakolatlarini belgilaydigan hujjatning nusxasi (ishonchnoma yoki uning o'rnini bosadigan boshqa hujjat).
Hisobvaraqlarni ochish uchun zarur bo'lgan barcha boshqa hujjatlar (imzolar namunalari qo`yilgan varaqchalar, hisobvaraqlarni ochish uchun arizalar, zarur shartnomalar va boshqalar) norezident yuridik shaxs nomidan birinchi va ikkinchi imzo huquqiga ega bo'lgan shaxslar tomonidan Bankda tuziladi va o'z qo'li bilan imzolanadi. Mijozlarning hisobvaraqlarini ochish va faollashtirish Bankda barcha kerakli hujjatlar rasmiylashtirilgandan va imzolangandan so'ng amalga oshiriladi. -
Korporativ mijozlarga valyuta ayirboshlash va konversiya operatsiyalari uchun qanday valyuta juftliklari mavjud?
"GARANT BANK" ATB barcha erkin almashtiriladigan valyutalarda, shu jumladan milliy valyutaga nisbatan valyuta juftliklarida valyuta-ayirboshlash operatsiyalarini o'tkazish imkoniyatiga ega. Shu jumladan:
Milliy valyutaga nisbatan: USD/UZS, EUR/UZS, RUB/UZS, RUB/EUR, RUB/USD, GBP/USD, CHF/USD, CNY/USD va JPY/USD;
Bir turdagi xorijiy valyutani boshqa turdagi xorijiy valyutaga aylantirish bo'yicha: EUR/USD, GBP/USD, GBP/EUR, USD/CHF, EUR/CHF, USD/JPY, EUR/JPY, USD/AED, AED/RUB, EUR/AED, GBP/AED, CHF/AED, USD/CNY, EUR/CNY, GBP/CNY, CHF/CNY, USD/KZT, EUR/KZT, GBP/KZT, CHF/KZT, USD/RUB, EUR/RUB, GBP/RUB va CHF/ RUB. -
Eksport tushumini o‘tkazish uchun vositachilik haqi miqdori qancha?
Bank tariflariga ko‘ra, eksport tushumini o‘tkazish uchun vositachilik haqi undirilmaydi. -
Chet el valyutasini sotib olish uchun arizani qanday maqsadlarda berish mumkin?
▪️ Uskunalar, butlovchi qismlar va ehtiyot qismlar;
▪️Xom ashyo va materiallar
▪️ Xizmatlar
▪️Kreditlar: hukumat tomonidan kafolatlangan;
▪️ Kreditlar: hukumat tomonidan kafolatlanmagan;
▪️Kreditlar: Bankning o‘z mablag‘lari hisobidan berilgan;
▪️ Lizing to‘lovlari;
▪️Dori vositalari, dori-darmonlar va tibbiy asboblar;
▪️Yengil avtomobillar;
▪️Boshqa xalq iste’mol tovarlari;
▪️Daromadlar repatriatsiyasi;
▪️Xizmat safarlari xarajatlari;
▪️Boshqa maqsadlar uchun.
-
Bir chet el valyutasini boshqasiga qanday konversiya qilish mumkin?
10 000 AQSH Dollarigacha bo‘lgan ekvivalentdagi bir chet el valyutasini boshqa valyutaga konversiya qilish Internet-banking tizimidagi “Konversiya orderi” moduli orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.
Agar ariza miqdori 10 000 AQSH Dollaridan oshsa, Mijoz korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga konversiya qilish uchun ariza beradi. Ushbu ariza qog’oz shaklida yoki elektron pochta orqali taqdim etiladi. -
Nosavdo operatsiyalar nima?
2019 yil 22 oktyabrdagi O‘RQ-573-sonli O‘zbekiston Respublikasining «Valyutani tartibga solish to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan, nosavdo tusidagi pul o‘tkazmalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
▪️jismoniy shaxslar o‘rtasida yuz million so‘m ekvivalentigacha bo‘lgan miqdordagi pul o‘tkazmalari;
▪️shaxsiy ehtiyojlar uchun tovarlarga (xizmatlarga, ishlarga) haq to‘lash;
▪️ish haqi, stipendiyalar, pensiyalar, alimentlar to‘lash;
▪️xodimlarni O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga xizmat safariga yuborish bilan bog‘liq xarajatlarni to‘lash;
▪️ ta’lim, davolanish va turizm uchun haq to‘lash;
▪️O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlatlararo yoki hukumatlararo tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonalari ta’minoti uchun haq to‘lash;
▪️notarial va tergov harakatlari bilan bog‘liq to‘lovlar, shuningdek ishlarni sudlarda ko‘rish munosabati bilan davlat boji to‘lash;
▪️sudning, arbitrajning, shuningdek tergov organlarining va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qarorlari asosida pul mablag‘larini to‘lash;
▪️xalqaro kongresslarda, simpoziumlarda, konferensiyalarda, sport tadbirlarida va madaniy tadbirlarda, shuningdek boshqa xalqaro uchrashuvlarda, ko‘rgazmalarda va yarmarkalarda ishtirok etish uchun to‘lovlar, bundan investitsiyaga oid va moddiy xarajatlar mustasno;
▪️vafot etganni dafn qilish bilan bog‘liq to‘lovlar;
▪️mualliflik haqini to‘lash, patent bojlarini to‘lash va intellektual mulk sohasidagi litsenziya shartnomalarining majburiyatlari bo‘yicha haq to‘lash;
▪️xalqaro notijorat tashkilotlarga badallar. -
Mablag‘larni invoys bo‘yicha konvertatsiya qilish mumkinmi?
Mablag‘larni invoys bo‘yicha konvertatsiya qilish mumkin.
Agar operatsiya nosavdo hisoblansa, chet el valyutasini sotib olish uchun arizani taqdim eting va skanerlangan invoysni val@garantbank.uz. pochtasiga yuboring.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №283-sonli qaroriga asosan, import uchun invoys asosida to‘lovni amalga oshirish uchun invoys “E-kontrakt” tashqi savdo axborot tizimiga kiritilgan bo‘lishi kerak va invoyslarda quyidagi asosiy ma’lumotlar bo‘lishi kreak:
▪️xo‘jalik yurituvchi sub’ektning nomi va uning rekvizitlari;
▪️xorijiy sherikning nomi va uning rekvizitlari;
▪️invoys summasi;
▪️xo‘jalik yurituvchi sub’ektning identifikatsiya raqami (STIR) yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR);
▪️tovarlar (ishlar, xizmatlar) nomi;
▪️tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning o‘lchov birligi;
▪️tovarlar (ishlar, xizmatlar) miqdori;
▪️tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxi;
▪️tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni etkazib berish qiymati;
▪️«Inkoterms» bo‘yicha etkazib berish shartlari;
▪️ tashish turi.
Invoyslar xo‘jalik yurituvchi sub’ektning imzosi bilan tasdiqlanishi kerak. -
Mablag‘larni eksport kontrakti bo‘yicha qaytarish uchun konvertatsiya qilish mumkinmi?
Mumkin, buning uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ekt sotib olinayotgan valyutaning maqsadi sifatida «boshqa maqsadlar»ni tanlashi kerak. -
Tovarlar, ishlar/xizmatlar eksporti nima?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №283-sonli qaroriga muvofiq:
▪️ishlar (xizmatlar) eksporti — eksport qiluvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining norezidentiga ishlar bajarilishi (xizmatlar ko‘rsatilishi), ular bajarilishi (ko‘rsatilishi) joyidan qat’i nazar;
▪️tovarlar eksporti — agar qonunchilikda boshqa qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, tovarlarni ularni qaytarib olib kirish majburiyatisiz O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqish. -
Tovarlar, ishlar/xizmatlar importi nima?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №283-sonli qaroriga muvofiq:
▪️tovarlar importi — tovarlarni ularni qaytarib olib chiqish majburiyatisiz O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish;
▪️ishlar (xizmatlar) importi — xorijiy davlatning yuridik va jismoniy shaxsi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi rezidentiga ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish), ular bajarilishi (ko‘rsatilishi) joyidan qat’i nazar. -
Quyidagi 18, 19 turidagi kontraktlar nima?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo operatsiyalari monitoringini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №283-sonli qaroriga muvofiq:
19-turdagi sotish kontrakti - sotib olish kontrakti doirasida sotib olingan tovarlarni boshqa norezidentga sotishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining rezidenti va norezidenti o‘rtasidagi kontrakt;
18-turdagi sotib olish kontrakti - O‘zbekiston Respublikasining rezidenti va norezidenti o‘rtasida tovarlarni bojxona hududiga olib kirmagan yoki tranzit tartibida olib o‘tgan holda sotib olish bo‘yicha kontrakt. -
Valyuta operatsiyalari bo‘yicha savol qanday beriladi?
(71) 202-15-17 telefon raqamiga Kontakt markaziga qo‘ng‘iroq qilib savol berish mumkin. -
Chet el valyutasini sotib olish uchun mablag‘larni blokirovka qilish kerakmi?
Chet el valyutasini sotib olish uchun blok-hisobvarag‘iga mablag‘larni blokirovka qilish shart emas, tizim bunday o‘tkazmani avtomatik ravishda yaratadi. -
Tashqi savdo kontrakti (eksport tushumlari, debitorlik qarzdorligini to‘lash) bo‘yicha chet el valyutasini naqd pulda kassaga qo‘yish uchun qanday hujjatlar kerak?
Tashqi savdo kontrakti bo‘yicha Bank kassasiga chet el valyutasini naqd pulda qabul qilish uchun Mijoz ro‘yxatga muvofiq korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
▪️Tashqi savdo kontraktining nusxasi;
▪️Kassaga naqd chet el valyutasini topshirayotgan shaxs nomiga chet ellik sherik tomonidan berilgan notarial tasdiqlangan ishonchnomaning asl nusxasi;
▪️Naqd chet el valyutasini topshirayotgan shaxs pasportining asl nushasi yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
▪️Naqd chet el valyutasi nomiga topshirilayotgan tashkilot xatining asl nusxasi;
▪️O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda naqd chet el valyutasini topshirayotgan shaxs nomiga rasmiylashtirilgan bojxona deklaratsiyasining asl nusxasi. -
Xizmat safari harajatlarini olish uchun qanday hujjatlar kerak?
Xorijiy xizmat safari uchun mablag‘ olishda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:- Xodimni xizmat safariga yuborish to‘g‘risidagi buyruq.
- Xizmat safariga yuborilayotgan xodim(lar)ning hamda naqd pul oluvchining pasporti.
- Tashkilotning tegishli xati.
- Xizmat safari topshirig‘i rejasi.
- Belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar hisob-kitobi.
Xizmat safari xarajatlarini moliyalashtirish va qoplash amaldagi qonunchilik hamda bankning ichki tartib-taomillariga muvofiq amalga oshiriladi.
Izoh: Mazkur savol-javob O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-iyundagi 303-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari hisobga olingan holda tayyorlangan. Mazkur Nizomning Garant bankka nisbatan qo‘llanilishi bankning huquqiy maqomi va qonunchilik talablariga muvofiq belgilanadi. -
Tashqi savdo kontrakti bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar qanday amalga oshirilishi kerak?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 maydagi №283-sonli qaroriga muvofiq quyidagilarga yo‘l qo‘yiladi:
▪️to‘lov import qiluvchining o‘z valyuta mablag‘lari hisobiga amalga oshirilgan bir xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ikki va undan ortiq import kontraktlari doirasida o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga;
▪️xo‘jalik yurituvchining ikki va undan ortiq eksport kontraktlari doirasida o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirishga.
O‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ekt valyuta operatsiyalari bo‘limiga qo‘shimcha kelishuvni taqdim etadi va Bank tariflari bo‘yicha vositachilik haqini to‘laydi.
-
Korxonaning kreditor qarzdorligi bor, uni qanday yopish kerak?
Kreditor qarzdorligini yopish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 14 apreldagi №216-sonli “Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimidan umidsiz qarzdorliklarni hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorida belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektda ikkala tomon tarafidan imzolangan qo‘shimcha kelishuv mavjud bo‘lgan taqdirda kreditor qarzdorliklarini yopish mumkin. Kreditor qarzdorliklarini yopish uchun Mijoz Bank tariflariga muvofiq vositachilik haqini to‘laydi. -
Debitorlik qarzdorligi uchun qanday muddatlar belgilangan?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 maydagi №283-sonli Qaroriga muvofiq:
Tovarlarni respublikaga olib kirish va «erkin muomalaga chiqarish (import)» rejimiga rasmiylashtirish, shuningdek, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish yoxud ular uchun to‘langan pul mablag‘larini qaytarish muddati import kontraktlari bo‘yicha to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab 180 kundan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Eksport kontrakti bo‘yicha tushum tushishi yoki tovarlarni qayta olib kirish muddati tovarlarga nisbatan — «eksport» bojxona rejimi bo‘yicha bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan sanadan va xizmatlarga (ishlarga) nisbatan — bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomasi imzolangan sanadan boshlab 180 kundan oshib ketmasligi kerak.
Muddati 180 kundan oshgan qarzdorlik, muddati o‘tgan, deb hisoblanadi.
Amaldagi tartibda 180 kunlik muddatlar import va eksport operatsiyalarining tegishli turlari bo‘yicha belgilangan. Ayrim operatsiyalar, jumladan sotib olish va sotish kontraktlari bo‘yicha hujjatlarni Tizimga kiritish hamda tovarlarni yetkazib berish bilan bog‘liq maxsus tartiblar ham nazarda tutilgan. Shu sababli muayyan operatsiya bo‘yicha 180 kunlik muddat tegishli kontrakt turi va operatsiya shartlaridan kelib chiqib aniqlanadi. -
Agar to‘lov topshiriqnomasi qayta ishlangan bo‘lsa, oluvchining rekvizitlarini qanday o‘zgartirish mumkin?
O‘tkazma shartlarini o‘zgartirish, qaytarish, o‘tkazmani bekor qilish (Bankning aybisiz) to‘g‘risidagi xat, uni SWIFT, TELEX tizimi orqali bajarish uchun qabul qilingandan so‘ng mijoz tomonidan elektron pochta orqali yoki qog‘oz nusxada korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga taqdim etiladi.
Xat bajarilgandan so‘ng, Bank tariflarga muvofiq mijozning hisobvarag‘idan vositachilik haqini ushlab qoladi. -
Chet el valyutasida mablag‘ qidirish uchun so‘rov qanday yuboriladi?
SWIFT, TELEX tizimlari bo‘yicha mablag‘ va pul hujjatlarini qidirish uchun xat mijoz tomonidan elektron pochta orqali yoki qog‘oz nusxada korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga taqdim etiladi. -
SDN (Maxsus sanksiyalar qo’llanilgan banklar) da joylashgan banklar ro‘yxatini qanday bilish mumkin?
Sanksiyalangan banklar ro‘yxatini (71) 202-15-17 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yoki sdn (https://sanctionssearch.ofac.treas.gov/) havolasiga o‘tish orqali bilib olish mumkin.
SDN — OFACning “Specially Designated Nationals and Blocked Persons” ro‘yxati bo‘lib, u faqat banklardan iborat emas. Mazkur ro‘yxatda jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar, tashkilotlar va boshqa subyektlar ham bo‘lishi mumkin. Xalqaro to‘lovlarni amalga oshirishda tegishli bank va kontragentlarning sanksiyalar bo‘yicha holati alohida tekshiriladi. -
Grant (grant kelishuvi) nima?
Grant (ingliz tilidan grant – bepul ssuda) - bu maqsadli moliyalashtirishning bir turi, ya’ni aniq belgilangan shartlarda tadbirkorga beriladigan ma’lum miqdordagi mablag‘. Agar bunday shartlar bajarilgan bo‘lsa, grantni qaytarish yoki unga foiz to‘lash shart emas. -
Grantni TSOYaEATda ro‘yxatdan o‘tkazish kerakmi?
Grant TSOYaEATda ro‘yxatga olinmaydi. -
Tashqi qarz shartnomasi bo‘yicha valyuta mablag‘larini olish uchun nima qilish kerak?
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2013 yil 17 dekabrdagi №2536-sonli “Kapital harakati bilan bog‘liq ayrim valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomiga muvofiq. tashqi qarz shartnomalari bo‘yicha barcha hisob-kitoblar va to‘lovlar Mijoz tomonidan milliy valyutadagi asosiy depozit hisobvarag‘ida ochilgan Bankda amalga oshiriladi.
Ushbu asosiy talabga rioya qilingan holda, Mijoz val@garantbank.uz pochtasiga quyidagi asl hujjatlarning skanerlangan nusxalari taqdim etiladi:
▪️ Qarz shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qabul qilish to‘g‘risidagi ariza (xat) va 2) Tegishli ravishda rasmiylashtirilgan qarz shartnomasi.
▪️Bank tomonidan qabul qilingan hujjatlar tekshirilgandan so‘ng tashqi qarz shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining – ExDebtUz tizimida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. O‘zR MB tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi so‘rovnoma va to‘lov talablariga rioya qilinganligi tasdiqlangandan so‘ng Bank qarz shartnomasi bo‘yicha kelib tushgan mablag‘larni Mijozning hisobvarag‘iga o‘tkazadi.
Mijozning asosiy depozit hisobvarag‘i boshqa tijorat bankiga o‘tkazilgan taqdirda, keyingi valyuta operatsiyalari hisobvarag‘i rezidentning asosiy depozit hisobvarag‘i o‘tkazilgan tijorat banki tomonidan yuritiladi. Bunda Mijoz qarz shartnomasiga rekvizitlarni o‘zgartirish to‘g‘risida qo‘shimcha kelishuvni taqdim etishi, Bank esa ushbu ID-kelishuvni O‘zR Markaziy bankining ExDebtUz tizimida asosiy depozit hisobvarag‘i ochilgan Bankka o‘tkazishi shart.
Bankda ro‘yxatdan o‘tgan Mijozlarning tashqi qarz shartnomalari bo‘yicha, Bank tariflariga muvofiq, 1 ta shartnoma uchun oyiga QQS bilan 25 000 so‘m vositachilik haqi undiriladi. -
Eksport shartnomalari bo’yicha chet el hamkorlarimdan kelgan mablag’lar hisob raqamimga tez tushishi uchun nima qilishim kerak?
Chet el hamkor o’zining banki orqali mablag’lar yuborayotgan vaqtda, to’lov topshiriqnomasida sizning eksport shartnomangizda ko’rsatilgan rekvizitlarni mos ravishda to’g’ri kiritishi hamda to’lov maqsadini to’liq ko’rsatishi lozim. -
Men chet elga SWIFT tizimi orqali pul o‘tkazmasini jo‘natmoqchiman. Jo‘natish jarayonida BEN, OUR, SHA turdagi komission to‘lovlar mavjud ekan. Ularning bir-biridan farqi nimada?
Xalqaro SWIFT tizimi orqali pul o‘tkazmasi mahalliy bankdagi valyuta hisobvarag‘idan chet eldagi tashkilot yoki jismoniy shaxsning bank hisobvarag‘iga mablag‘ yuborish shaklidir.
SWIFT orqali pul o‘tkazmasini amalga oshirish uchun mablag‘ oluvchining xorijiy bank rekvizitlarini, jumladan, mablag‘ni qabul qiluvchi bank nomi, bankning SWIFT kodi yoki IBAN raqami, oluvchining to‘liq ism-sharifi, manzili, hisobvarag‘i va to‘lov maqsadini to‘lov topshiriqnomasida ko‘rsatish lozim.
Bunday o‘tkazmalarda jo‘natuvchi banki, vositachi banklar va mablag‘ni oluvchi bank tomonidan komission to‘lovlar undirilishi mumkin. Komission to‘lovlarni taqsimlashning asosiy turlari quyidagilardan iborat:
▪️BEN — barcha tegishli bank komissiyalari mablag‘ oluvchi hisobidan qoplanadi va tegishli komissiyalar o‘tkazma summasidan chegirib qolinishi mumkin. Natijada oluvchi hisobiga yuborilgan summadan kamroq mablag‘ kelib tushishi mumkin.
▪️OUR — o‘tkazma bilan bog‘liq komission to‘lovlar jo‘natuvchi hisobidan qoplanadi. Bunda mablag‘ oluvchiga, odatda, to‘lov topshiriqnomasida ko‘rsatilgan summani to‘liq yetkazib berish nazarda tutiladi.
▪️SHA — jo‘natuvchi o‘z bankining komissiyasini, mablag‘ oluvchi esa oluvchi banki va tegishli boshqa banklarning komissiyalarini to‘laydi. Bunda ayrim komissiyalar o‘tkazma summasidan chegirib qolinishi mumkin. -
Naqd AQSH dollarini sotib olish uchun cheklovlar mavjudmi?
Hozirda naqd chet el valyutasini bank kassalari hamda bankomatlar orqali sotib olishda umumiy miqdoriy cheklov mavjud emas.
Shu bilan birga, bankomat orqali chet el valyutasini xarid qilishda bitta tranzaksiyaning maksimal summasi 500 AQSH dollari bilan cheklangan.
Valyuta ayirboshlash shoxobchasida 500 AQSH dollaridan ortiq miqdorda chet el valyutasini sotib olayotganda shaxsni tasdiqlovchi hujjatni (fuqarolik pasporti, ID-karta, yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi, harbiy guvohnoma yoki vaqtinchalik yashash guvohnomasi) taqdim etish talab etiladi. -
Kurslar qanchalik tez o‘zgaradi?
Chet el valyutasini sotib olish va sotish kurslari tijorat banklari tomonidan chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklifni hisobga olgan holda mustaqil ravishda belgilanadi.
Shu sababli valyuta kurslari ish kuni davomida bir necha marta o‘zgartirilishi mumkin. -
Avvalgi MT103 formatidagi SWIFT to‘lov maydonlari yangi ISO 20022 standartidagi pacs.008 va pacs.009 formatlarida qanday aks ettiriladi?
Xalqaro to‘lovlarda ISO 20022 standartiga o‘tilishi munosabati bilan avval qo‘llanilgan MT103 xabar formatining mijozning bank orqali banklararo kredit o‘tkazmalariga mos keluvchi o‘rnini pacs.008 (FIToFICustomerCreditTransfer) egalladi. Banklar o‘rtasidagi moliyaviy institutlarning kredit o‘tkazmalarida esa tegishli holatlarda pacs.009 (FinancialInstitutionCreditTransfer) qo‘llaniladi.
ISO 20022 formatida MT xabarlaridagi kabi 50, 52, 56, 57, 59, 70, 71 kabi qisqa maydon raqamlari ishlatilmaydi. Ma’lumotlar XML formatidagi aniq nomlangan va strukturaviy elementlarga ajratiladi.
MT103 → pacs.008 bo‘yicha asosiy moslikMT103 maydoni Mazmuni pacs.008 formatidagi asosiy ma’lumot 50A/50F/50K Jo‘natuvchi mijoz (Ordering Customer) Dbtr + DbtrAcct 52A/52D Jo‘natuvchi bank / Ordering Institution DbtrAgt 56A/56D Vositachi bank / Intermediary Institution IntrmyAgt1 57A/57D Mablag‘ oluvchining banki / Account With Institution CdtrAgt 59/59A/59F Mablag‘ oluvchi / Beneficiary Customer Cdtr + CdtrAcct 70 To‘lov maqsadi, invoice, shartnoma yoki boshqa reference RmtInf 71A Komissiyani kim to‘lashi (OUR/SHA/BEN) ChrgBr
Masalan:
▪️MT103 :50 — jo‘natuvchi mijoz ma’lumotlari → pacs.008 <Dbtr> va <DbtrAcct>;
▪️MT103 :52 — jo‘natuvchi bank → <DbtrAgt>;
▪️MT103 :56 — vositachi bank → <IntrmyAgt1>;
▪️MT103 :57 — mablag‘ oluvchining banki → <CdtrAgt>;
▪️MT103 :59 — mablag‘ oluvchi va uning hisobvarag‘i → <Cdtr> va <CdtrAcct>;
▪️MT103 :70 — invoice raqami, shartnoma raqami yoki to‘lovga oid boshqa ma’lumotlar → <RmtInf>;
▪️MT103 :71A — komissiya turi → <ChrgBr>.
Komissiyani kim to‘lashi ISO 20022 formatida quyidagicha ifodalanadi:
▪️OUR → DEBT — komissiyani jo‘natuvchi to‘laydi;
▪️SHA → SHAR — komissiyalar taqsimlanadi;
▪️BEN → CRED — komissiya mablag‘ oluvchi hisobidan qoplanadi.
Shuningdek, MT103 dagi :20: reference ma’lumoti pacs.008 xabaridagi tegishli Payment Identification elementlarida, UETR esa ISO 20022 xabaridagi UETR elementida aks ettiriladi.
MT103 dagi :32A: maydonida ko‘rsatilgan sana, valyuta va summa esa ISO 20022 formatida alohida strukturaviy elementlarda aks ettiriladi.
MT202 → pacs.009 Agar to‘lov banklar o‘rtasidagi moliyaviy institut transferi bo‘lsa, MT202 formatiga mos keluvchi pacs.009 qo‘llaniladi.
Bunda, masalan:
▪️MT202 :52A — Ordering Institution → pacs.009 dagi tegishli Debtor/Ordering Institution ma’lumotlari;
▪️MT202 :53A — Sender’s Correspondent → tegishli settlement/instructing agent ma’lumotlari;
▪️MT202 :54A — Receiver’s Correspondent → tegishli receiving/instructed agent ma’lumotlari;
▪️MT202 :58A — Beneficiary Institution → tegishli Creditor/Beneficiary Financial Institution ma’lumotlari;
▪️MT202 :72 — banklar o‘rtasidagi qo‘shimcha ko‘rsatmalar → pacs.009 dagi tegishli Instruction Information / Instructions for Next Agent elementlarida aks ettiriladi.
ISO 20022 ga o‘tishda MT103 yoki MT202 dagi har bir maydonni pacs.008 yoki pacs.009 formatida aynan bitta maydonga 1:1 ko‘chirish tamoyili mavjud emas. ISO 20022 ma’lumotlarni yanada batafsil va strukturaviy ko‘rinishda taqdim etadi.
Shuning uchun to‘lov topshiriqnomasini tayyorlashda eski MT103 maydonlarini shunchaki qaysi maydonga ko‘chirishni aniqlashdan tashqari, tegishli Debtor, Creditor, Debtor Agent, Creditor Agent, Intermediary Agent, Remittance Information va Charge Bearer ma’lumotlarini to‘g‘ri shakllantirish muhim hisoblanadi.
Quyidagi havola orqali pacs.008 xabar formatiga bag‘ishlangan rasmiy videoqo‘llanma bilan tanishishingiz mumkin. Videoda MT103 xabarining pacs.008 formatiga o‘tkazilishi, shuningdek, pacs.008 formatida MT103 ga nisbatan uzatilishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumotlar tushuntiriladi.
CBPR+ payment instructions — pacs.008 | SWIFT
-
Akkreditiv nima va akkreditiv ochish uchun shartnomada qanday shartlar va hujjatlar ko‘rsatilishi kerak?
Akkreditiv — xaridorning topshirig‘iga asosan bank tomonidan ochiladigan hisob-kitob shakli bo‘lib, bunda bank belgilangan shartlar bajarilganini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, sotuvchiga belgilangan summani to‘lash majburiyatini oladi. Xalqaro savdo operatsiyalarida hujjatli akkreditivlar, odatda, UCP 600 xalqaro qoidalari asosida amalga oshiriladi.
Akkreditiv ochishni rejalashtirayotganda, shartnomada akkreditiv orqali hisob-kitob qilish aniq ko‘rsatilishi va quyidagi asosiy shartlar oldindan kelishib olinishi tavsiya etiladi:- Akkreditiv turi — masalan, qaytarib olinmaydigan (irrevocable), tasdiqlangan (confirmed) yoki boshqa turi.
- Akkreditiv summasi va valyutasi.
- Akkreditivning amal qilish muddati.
- Akkreditivni ochuvchi bank (Issuing Bank) va zarur bo‘lganda ijrochi/tayinlangan bank (Advising/Nominated Bank) rekvizitlari.
- To‘lov shartlari — ko‘rsatish bo‘yicha (at sight) yoki muddatli to‘lov (deferred payment/usance).
- Tovarning to‘liq nomi, miqdori, sifati va boshqa asosiy xususiyatlari.
- Yetkazib berish shartlari (Incoterms) va yetkazib berish joyi.
- Yuklash va yetkazib berish muddatlari.
- Qaysi hujjatlar taqdim etilganda to‘lov amalga oshirilishi.
- Hujjatlarni taqdim etish muddati — yuk jo‘natilgandan keyin necha kun ichida hujjatlar bankka taqdim etilishi.
- Hujjatlarga qo‘yiladigan talablar — hujjatlarning aniq nomi, nusxalari soni, kim tomonidan berilishi va zarur bo‘lsa tasdiqlash/imzolash tartibi.
- Bank komissiyalari va xarajatlarini kim to‘lashi — Applicant/Buyer yoki Beneficiary/Seller tomonidan.
- Zarur bo‘lganda qisman yuklash (partial shipment) va **qayta yuklash (transshipment)**ga ruxsat berilishi yoki taqiqlanishi.
- Sug‘urta talab qilinadimi va sug‘urta polisini kim taqdim etishi.
- Zarur bo‘lganda tovarning kelib chiqish sertifikati, sifat sertifikati, inspeksiya sertifikati va boshqa maxsus hujjatlar.
▪️Commercial Invoice — tijorat invoysi;
▪️Packing List — qadoqlash/o‘rash ro‘yxati;
▪️Bill of Lading (B/L) — konosament;
▪️Air Waybill (AWB) — aviayuk xati;
▪️CMR — avtomobil transportidagi yuk xati;
▪️Certificate of Origin — tovarning kelib chiqish sertifikati;
▪️Certificate of Quality / Conformity — sifat yoki muvofiqlik sertifikati;
▪️Insurance Policy/Certificate — sug‘urta polisi yoki sertifikati;
▪️Inspection Certificate — inspeksiya/tekshiruv sertifikati;
▪️Beneficiary’s Certificate — benefitsiar tomonidan taqdim etiladigan sertifikat;
▪️Shartnomada nazarda tutilgan boshqa ruxsatnomalar, litsenziyalar, sertifikatlar yoki hujjatlar.
Akkreditivda talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati umumiy shaklda emas, balki aniq va bir ma’noli ko‘rsatilishi kerak. Masalan, faqat “transport hujjati” deb yozish o‘rniga, zarur bo‘lsa, “Full set of clean on board Bills of Lading” kabi aniq talab ko‘rsatilishi maqsadga muvofiq.
Shuningdek, akkreditiv bo‘yicha talab qilinadigan hujjatlar va ularga qo‘yiladigan talablar shartnomada oldindan kelishib olinsa, keyinchalik akkreditivni rasmiylashtirishda shartnomadagi ma’lumotlarni akkreditiv shartlariga to‘g‘ri kiritish va SWIFT xabarini tayyorlash ancha osonlashadi.