Korrupsiya to’g’risida
Agar siz bizning Bank bilan korrupsiya ishlariga bog’liq bo’lgan hodisa yoki ma’lumotlarga ega bo’lsangiz, ushbu xolatni bartaraf etish uchun anonim tarzda ariza yuborishingiz mumkin:
Agar siz bizning Bank bilan korrupsiya ishlariga bog’liq bo’lgan hodisa yoki ma’lumotlarga ega bo’lsangiz, ushbu xolatni bartaraf etish uchun anonim tarzda ariza yuborishingiz mumkin:
Korrupsiya bu — jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.
Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti.
Biz quyida korrupsiyaning tarixiy ildizlariga va unga qarshi kurashish xususida fikr yuritmoqchimiz.
Korrupsiya (lot. Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi.
Ko‘p hollarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata ishlatiladi. Korrupsiya ko‘plab davlatlarning jinoyat va ma’muriy qonunchiligi bilan huquqqa qarshi harakat sifatida ta’qib qilinadi.
Agar siz bizning Bank bilan korrupsiya ishlariga bog’liq bo’lgan hodisa yoki ma’lumotlarga ega bo’lsangiz, ushbu xolatni bartaraf etish uchun anonim tarzda ariza yuborishingiz mumkin: