Jismoniy shaxslar uchun tariflar
"Garant bank" AJ ning jismoniy shaxs bo‘lgan mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatish uchun vositachilik haqi tariflari
"Garant bank" AJ ning jismoniy shaxs bo‘lgan mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatish uchun vositachilik haqi tariflari
2023 yil 23 martdan boshlab kuchga kiradi | ||
"Garant bank" AJ ning jismoniy shaxs bo‘lgan mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatish uchun vositachilik haqi | ||
№ | Xizmat nomi | Tariflar |
I. Jismoniy shaxslarning milliy valyutadagi talab qilib olinguncha depozitlari | ||
1. Hisobraqamni yuritish | ||
1.1. | Hisobraqamni ochish/yopish | Bepul |
1.2. | Omonat daftarchasini berish | Bepul |
1.3. | Omonat daftarchasini yo‘qotganligi uchun jarima | BHM dan 10% |
1.4. | Mijozning arizasiga binoan chet tilida ma'lumotnomani berish | BHM dan 20% + QQS |
1.5. | Omonatchiga yoki uning qonuniy vakiliga jismoniy shaxsning hisobraqami bo‘yicha operatsiyalar va qoldiqlar to‘g‘risida ma'lumotnomani berish | BHM dan 10% + QQS |
2. Naqdsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish | ||
2.1. | Pul mablag‘larini hisobraqamga kiritish | Bepul |
2.2. | "Garant bank" AJ tizimida olingan kreditni va foizlarni qoplash uchun | Bepul |
2.3. | Boshqa banklarda olingan kreditni va foizlarni qoplash uchun | summadan 1 % |
2.4. | "Garant bank" AJ tizimida ochilgan hisobraqamlarga pul mablag‘larini o‘tkazish | Bepul |
2.5. | Boshqa banklarda ochilgan hisobraqamlarga pul mablag‘larini o‘tkazish | summadan 1% |
2.6. | Boshqa banklarga pul mablag‘larini o‘tkazishda, quyidagilar uchun to‘langanda vositachilik haqi olinmaydi: | |
a) kommunal (turar joy-kommunal to‘lovlardan tashqari) va soliq to‘lovlari | Bepul | |
б) | b) xususiy va davlat maktablari va maktabgacha ta'lim muassasalari, oliy ta'lim muassasalari, naqd pul shaklida to‘lov qilingan holda | summadan 1% |
3. Kassa xizmatlari ko‘rsatilishi | ||
3.1. | Omonatlar bo‘yicha foizlarni va asosiy summani berish (agar omonat naqd pul shaklida kiritilgan bo‘lsa) | Bepul |
3.2. | Talab qilib olinguncha hisobraqamidan boshqa shaxslardan o‘tkazish yo‘li bilan kelib tushgan pul mablag‘larini berish | summadan 1% |
3.3. | Kreditni olish uchun joylashtirilgan birlamchi hissani va garov shaklida qabul qilingan (avval naqd pul shaklida qabul qilingan) mablag‘larni qaytarish | Bepul |
3.4. | Avval o‘tkazilgan, lekin xatolik tufayli qaytarib berilgan yoki ortiqcha to‘langan (avval naqd pul shaklida kiritilgan) pul mablag‘larini berish | Bepul |
3.5. | Jismoniy shaxslar tomonidan bank kassalari orqali o‘tkaziladigan (plastik kartalar orqali, naqd pul shaklida) barcha bir marotabalik to‘lovlardan: | |
a) O'zbekiston Respublikasi Markaziy bank tomonidan (MUNIS) dasturi orqali o'tkaziladigan to'lov turlari ro'yxatiga asosan undiriladigan vositachilik haqi (O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.03.2023 yildagi №PQ-88 sonli qarori doirasiga tushadigan to'lovlar uchun) | Bepul | |
b) xususiy va davlat maktablari va maktabgacha ta'lim muassasalari, oliy ta'lim muassasalari, naqd pul shaklida to‘lov qilingan holda | summadan 1% | |
v) "Garant bank" AJ bilan shartnoma tuzgan tashkilotlarga | tuzilgan shartnomaning doirasida | |
g) "Garant bank" AJ bilan shartnoma tuzmagan boshqa tashkilotlar foydasiga | summadan 1% | |
3.6. | Naqd pullarni sanash (pullarni o‘rash, bir pul kupyurasini boshqa pul kupyurasiga almashtirish) | summadan 0,2% |
II. Jismoniy shaxslarning xorijiy valyutadagi operatsiyalari | ||
4. Hisobraqamni yuritish | ||
4.1. | Hisobraqamni ochish/yopish | Bepul |
4.2. | Omonat daftarchasini berish | Bepul |
4.3. | Omonat daftarchasini yo‘qotganligi uchun jarima | BHM dan 10% |
4.4. | Mijozning arizasiga binoan chet tilida ma'lumotnomani berish | BHM dan 20% + QQS |
4.5. | Omonatchiga yoki uning qonuniy vakiliga (DSI, elchixona va hokazo) jismoniy shaxsning hisobraqami bo‘yicha operatsiyalar va qoldiqlar to‘g‘risida ma'lumotnomani berish | BHM dan 10% + QQS |
5. Naqdsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish | ||
5.1. | O‘zbekiston Respublikasi hududida pul o‘tkazmalari | 200,0 ming so‘m +QQS |
5.2. | "Garant bank" AJ tizimida ochilgan hisobraqamlarga pul o‘tkazish | Bepul |
5.3. | O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga pul o‘tkazmalari: | |
a) oddiy o‘tkazmalar – muddati pul o‘tkazish bo‘yicha ariza berilgan sanasidan 2 kun | 200,0 ming so‘m +QQS | |
b) muddatli | 300,0 ming so‘m +QQS | |
5.4. | Kiruvchi pul o‘tkazmasini qaytarish, mijozning yozma arizasi bilan / arizasiz | 200,0 ming so‘m +QQS |
6. Kassa xizmatlari ko‘rsatilishi* | ||
6.1. | Shikastlanmagan naqd xorijiy valyutani qabul qilish va valyuta hisobraqamiga kiritish | Bepul |
6.2. | Rezidentlardan va norezidentlardan haqiqiyligi shubha tug‘dirgan xorijiy valyutani ekspertiza uchun qabul qilish | summadan 1 % |
6.3. | Rezidentlardan va norezidentlardan keyingi aylanish uchun yaroqsiz bo‘lgan naqd xorijiy valyutani inkasso uchun qabul qilish | summadan 10 % |
6.4. | Omonatlar bo‘yicha foizlarni va asosiy summani berish (agar omonat naqd shaklida kiritilgan bo‘lsa) | Bepul |
6.5. | Xorijiy valyutadagi shikastlangan banknotalarni shu turdagi valyutadagi shikastlanmagan banknotalarga almashtirish | summadan 5 % |
6.6. | Xorijiy valyutadagi shikastlangan banknotalarni milliy valyutaga almashtirish | summadan 5 % |
6.7. | Naqd xorijiy valyuta banknotalarini shu turdagi valyutadagi boshqa banknotalariga maydalash yoki yiriklashtirish | summadan 1 % |
6.9. | Jismoniy shaxsning hisobraqamiga kelib tushgan xorijiy valyutani berish: | |
а) | muddatli va jamg‘arma omonatlardan kelib tushgan, va ular bo‘yicha hisoblangan foizlar | Bepul |
б) | naqd pul shaklida kelib tushgan | Bepul |
в) | boshqa holatlarda, shu jumladan valyuta kartasidan kelib tushgan | summadan 1,0 % (kamida 10000 sum + QQS) |
III. Pul o‘tkazmalari | ||
7.1. | Xalqaro pul o‘tkazmalarining tizimlari orqali xorijiy valyutadagi pul o‘tkazmalarini to‘lash /yuborish | Xalqaro pul o‘tkazmalari tariflari bo‘yicha |
7.2. | Xalqaro pul o‘tkazmalarining tizimlari orqali xorijiy valyutada kelib tushgan pul o‘tkazmalarini milliy valyutada to‘lash | Xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlarining tariflari bo‘yicha, valyuta almashuv punktining xarid kursi bo‘yicha qo‘shimcha vositachilik haqisiz milliy valyutada to‘langan holda |
7.3. | Xalqaro pul o‘tkazmalarining tizimlari orqali milliy valyutada qabul qilingan pul o‘tkazmalarini xorijiy valyutada yuborish | Xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlarining tariflari bo‘yicha, valyuta almashuv punktining sotish kursi bo‘yicha qo‘shimcha vositachilik haqisiz milliy valyutada qabul qilingan holda |