Yangilandi: 27.08.2026

2026-yil 30-avgust — 1-sentabr kunlari rejalashtirilgan texnik ishlar o‘tkaziladi

Hurmatli mijozlar!

Garant bank avtomatlashtirilgan bank tizimini yangilash bo‘yicha rejalashtirilgan texnik ishlar olib borilishi munosabati bilan 2026-yil 30-avgust soat 22:00 dan 2026-yil 1-sentabr soat 14:30 gacha Garant bank, Garant bank Business mobil ilovalari hamda Internet-banking tizimidan foydalanish vaqtincha to‘xtatiladi.

Texnik ishlar davomida Garant bank kartalari orqali terminallarda tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish, shuningdek, Garant bank kartalaridan boshqa ilovalarda foydalanish imkoniyati saqlanib qoladi.

Shu munosabat bilan, yuqorida ko‘rsatilgan tizimlarda amalga oshirishingiz zarur bo‘lgan moliyaviy operatsiyalarni oldindan bajarishingizni so‘raymiz.

Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va tushunganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Savollar yuzaga kelgan taqdirda, iltimos, 1326 raqami orqali Call-markazga murojaat qiling.

Hurmat bilan,
Garant bank
 

Yangiliklar va voqealar

Barcha voqealar
Virtual qabulxona

Siz uchun premium karta yaratishimizga yordam bering

Qisqa so‘rovnomada ishtirok etib, Garant bank’ning limitlangan kartasida qanday shartlar, afzalliklar va imkoniyatlarni ko‘rishni istashingizni biz bilan bo‘lishing.

So‘rovnomani to‘ldirish
Siz uchun premium karta yaratishimizga yordam bering