Yangilandi: 06.05.2026

Garant bank O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida rasmiy tashrif bilan Gonkongda

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Gonkongda.

Tashrif doirasida biznes va moliya sohalarida hamkorlikni rivojlantirish, Hong Kong Trade Development Council bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek xalqaro bank tajribasini o‘rganish masalalari muhokama qilinmoqda.

Delegatsiya tarkibida Garant bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari Imamaliev Hamidulla Nurullaevich ham ishtirok etmoqda.

Bunday xalqaro uchrashuvlar ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash, tajriba almashish hamda moliya sektori va zamonaviy bank xizmatlarini yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Yangiliklar va voqealar

Barcha voqealar
Virtual qabulxona

So‘rovnoma

Shartlarni yaxshilash va xizmatlarimizni siz uchun yanada qulay qilish uchun qisqa so‘rovnomani to‘ldirishga rozi bo‘lsangiz, biz minnatdor bo‘lamiz. Sizning fikr-mulohazalaringiz biz uchun juda muhim.
Hurmat bilan, Garant bank.

So‘rovnomani to‘ldirish
So‘rovnoma