Yangilandi: 23.10.2026

Tashkent Perfect University talabalari bilan uchrashuv

Garant bank vakillari Tashkent Perfect University’ning birinchi bosqich talabalari bilan uchrashib, ularga ISIC xalqaro talaba kartasining imkoniyatlari va afzalliklari haqida ma’lumot berdilar.

Uchrashuv davomida kiberxavfsizlik asoslari, fishing hujumlarini aniqlash va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish usullari muhokama qilindi. Shuningdek, talabalarga professional portfolio yaratish, uni to‘g‘ri shakllantirish hamda o‘z ko‘nikmalari, yutuqlari va amalga oshirgan loyihalarini samarali taqdim etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Uchrashuv talabalarga raqamli xavfsizlik va kasbiy rivojlanish bo‘yicha foydali bilimlar olish, shuningdek, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob topish imkonini berdi.

Yangiliklar va voqealar

Barcha voqealar