- Matbuot markazi
- School 21 talabalari bilan uchrashuv va ISIC kartasi taqdimoti
Bugun bank vakillari School 21 ta’lim dasturi talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv doirasida talabalarga ISIC xalqaro talaba kartasi taqdim etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga karta afzalliklari, undan foydalanish imkoniyatlari hamda talabalar uchun mo‘ljallangan maxsus imtiyozlar haqida ma’lumot berildi. ISIC kartasi talabalarga xalqaro chegirmalardan foydalanish imkonini beradi hamda kundalik moliyaviy operatsiyalarni qulay amalga oshirishga yordam beradi.
Moliyaviy va kiberxavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Talabalarga shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, bank kartalari hamda mobil xizmatlardan xavfsiz foydalanishning dolzarb qoidalari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, firibgarlikning yangi sxemalari va ularni aniqlash usullari yuzasidan ham ogohlantirildi.
Ta’kidlash joizki, avvalroq bank tomonidan School 21ning avvalgi oqimi talabalari uchun ham ISIC kartalari chiqarilgan edi. Talabalar tomonidan bildirilgan qiziqish va ijobiy tajriba ushbu tashabbusni davom ettirish uchun asos bo‘ldi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berish, karta rasmiylashtirish jarayoni va uning imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot olish imkoniga ega bo‘ldilar.
Bank yoshlar va talabalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ular uchun qulay moliyaviy yechimlarni yaratish yo‘lida ishlashda davom etadi.