- Matbuot markazi
- Garant bank va Gorgona AI bank xizmatlariga sun’iy intellektni joriy etadi
Garant bank va Gorgona AI hamkorlik memorandumini imzoladi va bank jarayonlariga sun’iy intellektni xavfsiz joriy etish bo‘yicha ishlarni boshlaydi.
Mijozlar uchun bu kelajakda yanada tezkor xizmat ko‘rsatishni anglatadi: sun’iy intellekt murojaatlarni ko‘rib chiqish, hujjatlar va axborot bilan ishlashda yordam berib, ayrim operatsiyalarni bajarish vaqtini qisqartirishi mumkin.
Bunda texnologiyalar "ma’lumotlar bank hududida qoladi" tamoyili asosida joriy etiladi. Mijozlarning shaxsiy ma’lumotlari va bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar faqat Garant bankning himoyalangan infratuzilmasi doirasida qayta ishlanadi — tashqi AI xizmatlari yoki uchinchi shaxslarga uzatilmaydi.
Gorgona AI bilan hamkorlikda bank sun’iy intellektdan foydalanish qoidalarini ishlab chiqadi, undan foydalanish mumkin bo‘lgan jarayonlarni va xavfsizlik talablarini belgilaydi. Mijozlarning huquq va manfaatlariga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan qarorlar esa bank xodimlari nazorati ostida qoladi.