Yangilangan: 20.09.2024

Valyuta ayirboshlash shoxobchalari va xalqaro pul o‘tkazmalari dam olish kunlari ham ishlaydi

Hurmatli mijozlar!

Valyuta ayirboshlash shoxobchalari va xalqaro pul oʻtkazmalari dam olish kunlari yanada koʻproq bank xizmatlari ofisida ishlashini maʼlum qilamiz.

21 sentyabr kuni valyuta ayirboshlash shoxobchalari va xalqaro pul o'tkazmalari quyidagi filiallarda ishlaydi:
Amaliyot boshqarmasi (Toshkent shahri, Said Baraka ko'chasi, 78);
«Olmos» bank xizmatlari ofis (Toshkent shahri, Laylitug'on ko'chasi, 1); 
«Ulug'bek» BXM (Samarqand viloyati, Samarqand tumani, O’rtashiq MFY, Registon ko’chasi 34);
«Navrõz» BXM (Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi, 479-uy)
G’azalkent bank xizmatlari ofisi (Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumani, G’azalkent shahri, Lutfiy ko'chasi, 3)
Ishtixon bank xizmatlari ofisi (Samarqand viloyati, Ishtixon shahri, Ishtixon ko'chasi, 47)

22 sentyabr kuni valyuta ayirboshlash shoxobchalari quyidagi manzillarda ishlaydi:
Amaliyot boshqarmasi (Toshkent shahri, Said Baraka ko'chasi, 78);
«Olmos» bank xizmatlari ofisi (Toshkent shahri, Laylitug'on ko'chasi, 1). 

Ish vaqti: 
09:00 dan 17:00 gacha

Yangiliklar va voqealar

Barcha voqealar
beta-версия