Yangilandi: 30.10.2025

Korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffof bank muhitini shakllantirish

2025 yilning 5 mart kuni o‘tkazilgan Milliy kengash yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Miromonovich tomonidan so‘zlangan nutqda – Yurtimizda korrupsiyadan holi muhit yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarga baho berilib, “korrupsiya” islohotlar yo‘lidagi katta to‘siq va g‘ov ekanligi ta’kidlangan, kelgusidagi vazifalar belgilangan va eng muhimi, jamiyatda korrupsiya muammosini jamoatchilik muhokamasiga olib chiqadigan ochiq tizim hamda ochiq muhit yaratish, bu borada ommaviy axborot vositalarining rolini, ta’sirini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratish ustuvor vazifalardan ekanligi aytib o‘tilgan.

2025 yil 21 aprelda “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-sonli Prezident Farmoni imzolandi.

Yuqorida belgilangan ustuvor vazifalarning ijrosini ta’minlash negizida 2025 yil 30 oktabr kuni “Garant bank” AJ boshqaruv Raisi K.M.Adilov nutq so‘zlab, xodimlar, bank mijozlari uchun “Korrupsiyaga qarshi kurashish”ga oid murojaat bilan chiqish qildi.
Bunga ko‘ra:

- Bank boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish, bank tizimida sodir etilayotgan korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni oldini olish xususida;
- Bank xodimlari tomonidan ish jarayonida halollik standartlarini yanada keng joriy etish, mijozlar bilan faoliyatdagi shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish jarayonida yosh kadrlar ishtirokini kuchaytirishga qaratilgan taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.

“Garant bank” AJ o‘z mijozlariga bank mahsulotlari xaridlarida, kredit ajratilishida shaffoflikka amal qilish va korrupsion holatni oldini olish uchun bankda tashkil etilgan korrupsiya haqida xabar berish borasidagi murojaatlarni alohida ajratilgan aloqa kanallari va elektron pochta orqali yo‘llashlari mumkinligini yana bir bor eslatib o‘tib, korrupsiyaga qarshi kurashishni davomiyligini ta’minlash bo‘yicha bank xodimlar oldidagi vazifalarni belgilab berdi.

Qolaversa, Garant bank AJ xodimlari Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti talabalariga korrupsiya va kiberjinoyat mavzusida seminar-trening o‘tkazdilar. Mazkur uchrashuvda yoshlarga korrupsiyaning kelib chiqishi, “uning keltirib chiqaradigan oqibatlari – kelajak ildiziga urilgan bolta kabidir” tushunchasi bo‘yicha mavzular yoritib berildi.

Tadbir davomida talabalar ularni qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar. Shu va shunga o‘xshash uchrashuvlar muntazam ravishda o‘tkazilishiga bank tomonidan asosiy vazifalardan biri sifatida qaralmoqda.
 

Yangiliklar va voqealar

Barcha voqealar
beta-версия