Yangilangan: 20.03.2024

“GАRАNT BАNK” АKSIYADORLIK JАMIYATI YIL YAKUNLАRI BOʼYICHА АKSIYADORLАR UMUMIY YIGʼILISHI OʼTKАZILISHINI MА’LUM QILАDI

“GАRАNT BАNK” АKSIYADORLIK JАMIYATI YIL YAKUNLАRI BOʼYICHА АKSIYADORLАR UMUMIY YIGʼILISHI OʼTKАZILISHINI MА’LUM QILАDI

Kun tartibi:

  1. Bank aktsiyadorlari umumiy yigʼilishi reglamentini tasdiqlash toʼgʼrisida.
  2. Bank aktsiyadorlari umumiy yigʼilishi sanoq komissiyasi tarkibini tasdiqlash toʼgʼrisida.
  3. Bank Kuzatuv kengashining 2022 yil faoliyati natijalari boʼyicha hisobotini tasdiqlash toʼgʼrisida.
  4. Bank Boshqaruvi raisining Bankning 2022 yil moliyaviy – xoʼjalik faoliyati natijalari boʼyicha hisobotini tasdiqlash toʼgʼrisida.
  5. Bankning yillik hisoboti, buxgalteriya balansi hamda foyda va zararlar toʼgʼrisidagi hisobotini tasdiqlash va bankning 2022 yildagi taqsimlanmagan foydasini taqsimlash toʼgʼrisida.
  6. Bank Kuzatuv kengashi aʼzolarini saylash toʼgʼrisida.
  7. “Garant bank” АJ Boshqaruviga raqobatbardosh faoliyatni taʼminlash maqsadida yirik bitimlarni mustaqil amalga oshirishga ruxsat berish toʼgʼrisida.
  8. Eʼlon qilingan aktsiyalar miqdorini belgilash hamda ustavga kiritilgan oʼzgartirishlarni tasdiqlash toʼgʼrisida
  9. Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash (yangi tahrirda) toʼgʼrisida.
  10. Bank tashqi auditorini tasdiqlash va uni xizmat haqining eng yuqori miqdorini belgilash toʼgʼrisida.

Yigʼilish 2023 yil 26 iyun kuni soat 12-00 da Toshkent shahri, S.Baraka koʼchasi 78-uyda oʼtkaziladi.

Umumiy yigʼilishda qatnashish huquqiga ega boʼlgan aktsiyadorlar roʼyxati 2023 yil 20 iyun holatiga tuziladi.

Yigʼilish qatnashchilari 2023 yil 26 iyun kuni soat 11.00 dan 11.45 gacha roʼyxatga olinadi.

Аktsiyadorlar Umumiy yigʼilishga doir materiallar bilan Toshkent shahri S.Baraka koʼchasi 78-uyda joylashgan “Garant bank” АJning Bosh ofisida tanishishlari mumkin. Elektron pochta manzili:

info@garantbank.uz, veb sayti: www.garantbank.uz.

Аktsiyadorlar umumiy yigʼilishda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida qatnashadi, yuridik shaxs nomidan berilgan ishonchnoma qonun xujjatlarda belgilangan tartibda, jismoniy shaxs nomidan berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan boʼlishi kerak.

BАNK KENGАSHI

Maʼlumot uchun telefonlar: 71-256-41-55

Yangiliklar va voqealar

Barcha voqealar
beta-версия