Yangilangan: 05.02.2025

“Garant bank” AJ “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida qish mavsumida 2.440 ta mevali va manzarali koʼchatlari ekildi.

2021 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasini puxta tayyorgarlik bilan boshlash tashabbusi ilgari surilgan edi. Ushbu loyiha doirasida yiliga millionlab daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va shu orqali hududlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish reja qilingan. 

“Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida gi Farmoni ijrosini ta’minlash
maqsadida, “Garant bank” AJ tizimida 610 nafar ishlovchi xodimlar tomonidan jami 2 440 tup daraxt (mevali va manzarali) ko‘chatlari ekilgan.

Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash, qolaversa, daraxt ekish bo‘yicha qish  mavsumida tadbirni amalga oshirish maqsadida “Garant bank” AJ ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadal sur’atlarda olib borilmoqda. 

Yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan umummilliy loyihada jamiyat xodimlari birdek faol ishtirok etmoqda. Bu tashabbuslari bilan mamlakatimiz atrof-muhit va atmosfera havosining musaffoligini saqlanishiga o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.
Ekilgan daraxtlarni sug‘orish va parvarish ishlarini olib borilishi ham alohida nazoratga olingan. Xususan, yosh novdalar agrotexnik talablar asosida parvarish qilinadi, mineral va organik o‘g‘itlar bilan oziqlantirilib, zararkunandalardan himoya qilib boriladi.

Yangiliklar va voqealar

Barcha voqealar
beta-версия