Yangilangan: 26.12.2024

Garant bank ustav kapitali 500 milliard so‘mgacha oshirildi.

Ustav kapitalining 500 milliard so‘mgacha oshirilishi Garant bankning rivojlanishi uchun muhim qadam bo‘ldi. Ushbu ko‘rsatkich O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining talablariga javob beradi va bankning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash sari intilayotganidan dalolat beradi.

Kapitalning o‘sishi bankning likvidligi, barqarorligi va ishonchliligini oshirish imkonini beradi. Shuningdek, xizmatlarning keng ko‘lamini taklif qilish va mijozlar hamda hamkorlarning ehtiyojlariga yanada yaqinroq bo‘lishga zamin yaratadi. Shu bilan birga, biznesni rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yirik loyihalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlarni ochadi.

Garant bank — hayot uchun, biznes uchun.

Yangiliklar va voqealar

Barcha voqealar
beta-версия