Yangilandi: 08.12.2025

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan tabriklaymiz!

Garant bank barcha yurtdoshlarimizni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bilan samimiy tabriklaydi.

8-dekabr — mamlakatimizning asosiy qonuni qabul qilingan sana bo‘lib, mustaqil davlatimizning huquqiy poydevori, fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlangan muhim tarixiy kun hisoblanadi. Konstitutsiya bizni tinchlik, adolat, taraqqiyot va inson qadri kabi umumiy qadriyatlar atrofida birlashtiradi.

Bugun biz yurtimizning barqaror rivojlanish yo‘lidan borayotgani, huquqiy tizim mustahkamlanib, jamiyat farovonligi uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganidan faxrlanamiz.

Barcha yurtdoshlarimizga tinchlik, ishonchli kelajak, farovonlik va yangi yutuqlar tilaymiz.
Har bir qadamlaringiz bunyodkorlikka xizmat qilsin, Vatanimiz esa kuchli, barqaror va demokratik taraqqiyot sari dadil ilgarilayversin.

Konstitutsiya kuni muborak bo‘lsin!

Yangiliklar va voqealar

Barcha voqealar
beta-версия