- Matbuot markazi
- Garant bank CX Banking Index reytingida First Impression nominatsiyasida oltin medalni qo‘lga kiritdi
Garant bank mijozlar tajribasi bo‘yicha yetakchilaridan biri sifatida e’tirof etildi: CX Banking Index'ning qiyosiy tadqiqot natijalariga ko‘ra, bank First Impression nominatsiyasida oltin mukofotga sazovor bo‘ldi.
Ushbu nominatsiya foydalanuvchi bankning mobil ilovasi bilan tanishganda oladigan birinchi taassurotni — interfeys qulayligi va navigatsiya tezligidan tortib asosiy funksiyalarning intuitivligigacha — baholaydi. Mutaxassislarning yuqori bahosi Garant bank ilovasi mijozlar uchun bank xizmatlari ekotizimiga qulay va tushunarli kirish imkoniyatini yaratishini tasdiqlaydi.
CX Banking Index — bu banklarning mobil ilovalarida mijozlar tajribasi sifatini baholash borasidagi nufuzli qiyosiy tadqiqot bo‘lib, u interfeyslar, foydalanuvchi ssenariylari, raqamli xizmat ko‘rsatish darajasi va amaliyotlarni bajarish tezligini tahlil qilishni o‘z ichiga oladi.
Tadbir doirasida reyting natijalari taqdimoti, soha yetakchilarini taqdirlash va bank sektori vakillari uchun netvorking o‘tkazildi.
Qo‘lga kiritilgan mukofot — qulaylik va raqamli soddalikka qaratilgan strategik e’tibor natija berayotganining muhim ko‘rsatkichidir. Garant bank har bir foydalanuvchi muloqotning dastlabki daqiqalaridanoq o‘ziga ishonch va qulaylikni his qilishi uchun mijozlar tajribasini yaxshilashda davom etadi.