- Matbuot markazi
- Garant bank Kontakt-markazi endi tun-u kun ishlaydi
Garant bank mijozlarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini kengaytirmoqda. 2026-yil 2-noyabrdan boshlab bankning Kontakt-markazi haftaning 7 kuni, kuniga 24 soat, jumladan, dam olish va bayram kunlari ham uzluksiz faoliyat yuritmoqda.
Endilikda mijozlar bank mahsulotlari va xizmatlari bo‘yicha o‘zlariga qulay bo‘lgan istalgan vaqtda maslahat olishlari mumkin.
Kontakt-markaz mutaxassislari quyidagi masalalarda yordam beradilar:
- Bank kartalari, kreditlar va boshqa xizmatlar haqida ma’lumot olish.
- Karta yo‘qolganida yoki firibgarlikdan shubhalanganda uni bloklash.
- Bankomatlar va mobil ilova faoliyatidagi muammolar haqida xabar berish.
- Bank xizmatlariga oid boshqa masalalar bo‘yicha maslahat olish.
Garant bank Kontakt-markazi bilan 1326 qisqa raqami orqali bog‘lanishingiz mumkin.