Yangilandi: 09.01.2026

Garant bank’da PayPorter pul o‘tkazmalari tizimi ishga tushirildi

Bank xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatlari qatorini kengaytirdi — PayPorter tizimi ishga tushirilib, u mijozlar uchun mavjud bo‘lgan 11-pul o‘tkazmalari tizimi bo‘ldi.

Ayni paytda PayPorter orqali pul o‘tkazmalari O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida amalga oshiriladi. Mablag‘larni jo‘natish va qabul qilish bank xizmat ko‘rsatish nuqtalarida, naqd pul ko‘rinishida, hisob raqam ochmasdan amalga oshiriladi.

PayPorter tizimining ishga tushirilishi xalqaro munosabatlar imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek qulay, shaffof va ishonchli moliyaviy xizmatlarni rivojlantirishga qaratilgan.

Yangiliklar va voqealar

Barcha voqealar
beta-версия

So’rovnoma

Shartlarni yaxshilash va xizmatlarimizni siz uchun yanada qulay qilish uchun qisqa so`rovnomani to`ldirishga rozi bo`lsangiz, biz minnatdor bo`lamiz. Sizning fikr-mulohazalaringiz biz uchun juda muhim.
Hurmat bilan, Garant bank.

So`rovnomani to`ldirish