Yangilandi: 12.10.2025

Garant bank xodimlari University of Business and Science talabalari uchun moliyaviy savodxonlik bo'yicha ma'ruza o'tkazdilar

Garant bank'ning ma'rifiy tashabbusi doirasida University of Business and Science 1-kurs talabalari uchun moliyaviy savodxonlik bo'yicha ma'ruza tashkil etildi.

Bo‘lajak tadbirkorlar va biznes sohasidagi mutaxassislar shaxsiy moliyani boshqarish, jamg‘armalar hamda bank mahsulotlaridan xavfsiz foydalanish asoslari bilan tanishdilar. Ma’ruza davomida talabalar faol savollar berishdi va o‘zlarining dastlabki moliyaviy tajribalari va maqsadlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Garant bank yoshlarga birinchi qadamlaridan boshlab pulga nisbatan mas’uliyatli munosabatni va moliyaviy rejalashtirishni shakllantirishda yordam berish orqali yoshlarning moliyaviy madaniyatini rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishda davom etmoqda.

Yangiliklar va voqealar

Barcha voqealar
beta-версия