- Matbuot markazi
- Garant bankdan fotosuratlar tanlovi
Garant bank o‘z Instagram sahifasida 2025-yilning 15-iyuniga qadar bo‘lib o‘tadigan fotosuratlar tanlovi boshlanganini e’lon qiladi. Bu - yozning yorqin lahzalarini tasvirga olgan holda xotirlab qolish hamda qimmatbaho sovg‘alarni yutib olish uchun ajoyib imkoniyat.
Tanlov g‘oliblari quyidagi sovg‘alardan birini qo‘lga kiritadilar: bolalar velosipedi, “Alisa” aqlli kolonkasi yoki bolalar uchun quloqchinlar.
Ishtirok etish uchun sizdan quyidagi oddiy amallarni bajarish kutiladi xolos: Garant bankining istalgan ofisi fonida fotosurat yoki videoni tasvirga olib, uni 2025-yil 15-iyungacha Instagram akkauntingizga joylashitirib, bankning @garantbank rasmiy akkauntini belgilab, suratda bank logotipi yoki filiali ko‘rinib turganligiga ishonch hosil qiling. Suratda ishtirokchilarning o‘zlari va yoki oilaviy qadriyatlarga alohida urg‘u berish hamda do‘stona muhit yaratish maqsadida o‘z farzandlari yoki butun oilasi bilan tasvirlanishi mumkin.
Muhim: ishtirok faqat Instagram (https://www.instagram.com/garantbank.uz) ilovasi orqali amalga oshirilganda hisobga olinadi. Postni ko‘rishimiz uchun ishtirokchining akkaunti ochiq bo‘lishi kerak.
Tanlov natijalari 2025-yil 17-iyun kuni eʼlon qilinadi. Gʻoliblar Random.org xizmati yordamida tasodifiy tanlab olinadi hamda Garant bankning Instagramdagi rasmiy akkauntida eʼlon qilinadi.
Tanlovda ishtirok eting, fotosuratlaringiz bilan o‘rtoqlashing va Garant bankdan sovg‘alarni yutib olish imkoniyatini qo‘lga kiriting!