Yangilandi: 05.06.2026

Garant bank’da favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi

Garant bank’da O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari ishtirokida «Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish: yong‘in yoki zilzila sodir bo‘lganda harakatlar algoritmi va birlamchi xavfsizlik choralari» mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Tadbir davomida FVV mutaxassislari yong‘in va zilzila yuzaga kelganda harakat qilish tartibi, evakuatsiyaning asosiy qoidalari, xavflarni minimallashtirish usullari hamda tezkor xizmatlar yetib kelguniga qadar ko‘rilishi lozim bo‘lgan choralar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Seminarda shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash, favqulodda vaziyatlarda xotirjamlikni saqlash va cheklangan vaqt sharoitida to‘g‘ri qaror qabul qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xodimlar va mijozlar xavfsizligini ta’minlash Garant bank faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Yangiliklar va voqealar

Barcha voqealar
Virtual qabulxona