Yangilandi: 06.03.2025

Garant bank mijozlarining jamg‘armalari ishonchli himoya ostida

Garant bank mijozlarning pul mablag‘lari xavfsizligini ta’minlash maqsadida qo‘shimcha xavfsizlik choralarini joriy etib, bank xizmatlariga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamlab bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasining «Banklardagi omonatlarni himoyalash kafolatlari to‘g‘risida»gi yangi qonuniga muvofiq, Omonatlarni kafolatlash jamg‘armasi jismoniy shaxslarning omonatlarini 200 mln so‘mgacha, shu jumladan xorijiy valyutadagi ekvivalentini kafolatlaydi. Belgilangan miqdordan ortiq mablag‘lar esa Garant bank tomonidan qo‘shimcha himoya bilan ta’minlanadi.

Bu mijozlar uchun:
— yanada ishonchli va barqaror moliyaviy muhit;
— belgilangan limit doirasida omonatlarning kafolatlangan saqlanishi;
— shaffoflik, nazorat va xalqaro ishonchlilik standartlariga moslikni anglatadi.
 

Yangiliklar va voqealar

Barcha voqealar
beta-версия

So’rovnoma

Shartlarni yaxshilash va xizmatlarimizni siz uchun yanada qulay qilish uchun qisqa so`rovnomani to`ldirishga rozi bo`lsangiz, biz minnatdor bo`lamiz. Sizning fikr-mulohazalaringiz biz uchun juda muhim.
Hurmat bilan, Garant bank.

So`rovnomani to`ldirish