Yangilandi: 24.11.2025

Garant bank xodimlari TDIU va UPI o‘rtasidagi qo‘shma ta’lim dasturi doirasida “Loyihalarni boshqarish” mavzusida ma’ruza o‘tkazdilar.

Ma’ruzada talabalar zamonaviy loyiha boshqaruvidagi asosiy tamoyillar, real ish jarayonlarida qo‘llaniladigan amaliy yondashuvlar hamda bank sektoridagi loyiha boshqaruvi misollari bilan tanishtirildi.

Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tdi — talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishdi va bank mutaxassislaridan amaliy tavsiyalar oldilar.

Garant bank yoshlarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi va ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlikni yanada kengaytirishga intiladi.

Yangiliklar va voqealar

Barcha voqealar
beta-версия

So’rovnoma

Shartlarni yaxshilash va xizmatlarimizni siz uchun yanada qulay qilish uchun qisqa so`rovnomani to`ldirishga rozi bo`lsangiz, biz minnatdor bo`lamiz. Sizning fikr-mulohazalaringiz biz uchun juda muhim.
Hurmat bilan, Garant bank.

So`rovnomani to`ldirish