- Matbuot markazi
- “Garant bank” AJ va TDIU o‘rtasida kafedra filiali tashkil etildi
2025-yil 7 may kuni Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti (TDIU) va “Garant bank” AJ o‘rtasida hamkorlik doirasida yangi kafedra filiali tashkil etildi.
Ushbu tashabbus bank sohasidagi nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, yosh mutaxassislarni tayyorlash va ularning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yo‘lga qo‘yildi.
Kafedra filiali faoliyati quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
TDIU talabalari uchun “Garant bank” AJda amaliyot va stajirovkalarni tashkil etish;
Ilmiy-tadqiqot loyihalari va seminarlar orqali o‘zaro tajriba almashish;
Bank mutaxassislarining ma’ruzalar va master-klasslari orqali talabalarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash.
Mazkur hamkorlik nafaqat talabalarning kelajakdagi muvaffaqiyatli ish faoliyatiga tayyorgarligini kuchaytiradi, balki bank sohasida malakali va innovatsion fikrlovchi kadrlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
“Garant bank” AJ ta’lim va amaliyotni integratsiya qilish orqali O‘zbekistonning bank-moliya sektorida raqobatbardosh mutaxassislar yetishtirishga o‘z hissasini qo‘shishda davom etadi.